So’nggi yangiliklar

15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  3 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1

JCHga chiqqan Osiyo jamoalari FIFA kunlarini qanday o'tkazishdi? Yangiliklar

JCHga chiqqan Osiyo jamoalari FIFA kunlarini qanday o'tkazishdi?

Mart oyining ikkinchi yarmida belgilangan FIFA kunlari munosabati bilan bir qator jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishdi.

Ayniqsa jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar uchun o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xabaringiz bor, Rossiyada bo'lib o'tadigan navbatdagi mundialda tarixda birinchi marta OFKdan 5ta jamoa qatnashadi.

Ushbu jamoalar ham FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda ularning har biri ikkitadan o'yinda maydonga tushdi. Beshta jamoa jami o'nta o'yin o'tkazgan bo'lsa, birgina Eron g'alabaga erishdi. Forslar Jazoirni 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Osiyodan jahon chempionatida qatnashadigan boshqa hech bir jamoa g'alaba qozona olmadi.

AVSTRALIYA
Avstraliya terma jamoasi FIFA kunlarida Norvegiya va Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi. Bert van Marveyk shogirdlari Norvegiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi va Kolumbiya bilan 0:0 o'ynashdi.

23 mart. Avstraliya - Norvegiya 1:4
27 mart. Avstraliya - Kolumbiya 0:0

Avstraliya Jahon chempionatida "S" guruhidan joy olgan va Franciya, Peru hamda Daniyaga qarshi bahs olib boradi.


YAPONIYA
Yaponiya mart oyidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini Afrika vakili Maliga qrashi o'tkazib 0:0 o'ynadi. Keyingi bellashuvda esa Ukraina bilan bahs olib bordi va bunda 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

23 mart. Yaponiya - Mali 0:0
27 mart. Yaponiya - Ukraina 1:2

Yaponiya jahon chempionatida "H" guruhida Polsha, Senegal va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.


JANUBIY KOREYA
Janubiy Koreya futbolchilari har ikkala o'rtoqlik uchrashuvini Evropa jamoalariga qarshi o'tkazdi. Ikkala o'yinda ham imkoniyantni boy bergan koreyaliklar birinchisida SHimoliy Irlandiyaga 1:2 va ikkinchisida Polshaga 2:3 hisobida yutqazib qo'yishdi.  

24 mart. Janubiy Koreya - SHimoliy Irlandiya 1:2
27 mart. Janubiy Koreya - Polsha 2:3

Janubiy Koreya mundialda o'z o'yinlarini "F" guruhida Germaniya, Meksika va SHveciyaga qarshi o'tkazadi.


SAUDIYA ARABISTONI
Saudiya Arabistoni ham FIFA kunlaridan unumli foydalanishga harakat qildi. Saudiyaliklar ham Evropa jamoalariga qarshi ikkita bahs o'tkazishdi. Dastlab jamoa Ukraina bilan 1:1 o'ynadi va ikkinchi bellashuvda Belgiyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

23 mart. Saudiya Arabistoni - Ukraina 1:1
27 mart. Saudiya Arabistoni - Belgiya 0:4

Saudiya Arabistonida jahon chempionatida "A" guruhidan o'rin egallagan va o'z o'yinlarini Rossiya, Misr va Urugvayga qarshi o'tkazadi.


ERON
Eron terma jamoasi jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Karlush Keyrush shogirdlari FIFA kunlarida Afrikaning ikkita jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Tunis bilan o'yinda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan forslar keyingi bahsda Jazoirdan 2:1 hisobida ustun kelishdi.  

23 mart. Eron - Tunis 0:1
27 mart. Eron - Jazoir 2:1

Eron jahon chempionatida "B" guruhidan joy olgan va Portugaliya, Ispaniya va Marokashga qarshi o'z o'yinlarini o'tkazadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика