So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

JCHda umidlarni oqlay olmayotganlar Yangiliklar

JCHda umidlarni oqlay olmayotganlar

Teglar :  JCH-2018
Hali erta emasmi, deb so'rayotgandirsiz. Biroq bunday emas.

Balki buni qo'pol maqola deb hisoblarsiz. Ha, Rossiyadagi mundial sensaciyalarga boy o'tmoqda. Xo'sh, turnirda kutilganidek o'ynay olmayotgan futbolchilar bormi?

VILLI KABALERO

Argentina termasining kalbosh darvozaboni. U Xorvatiyaga qarshi o'yin tajribali kiperga dars bo'ldi. Yakunda Kabalero Ante Rebichga ajoyib pas oshirib berdi. Futbolchi ham o'z navbatida chiroyli gol muallifiga aylandi. Murabbiy uning xatosini kechirmadi va keyingi o'yinga boshqa darvozabon tashlandi.

"Miyada Argentina termasi uchun faqatgina bir savol bor edi: "Nima uchun to'pni tepib yubormadi?". Sen uch marta xato qilding, buning chegarasidan ham chiqib ketding, ammo baribir to'pni tepishni uddalamading. Xorvatlar o'zi istagan futbolni namoyish etdi, biroq ularga g'alabani raqib darvozaboni taqdim etdi", - dedi o'yindan keyin Aleksandr Mostovoy. Sobiq hujumchi boshqa o'yinlarni kamdan kam muhokama qiladi va shunda ham chiroyli gaplarni aytib o'tadi.

Ayni damda argentinalik muxlislar "Manchester Yunayted"ning zaxira darvozaboni Serxio Romero haqida o'ylashmoqda. Afsuski u jarohat olgan va mundialda ishtirok etmaydi.

LEO MESSI

Argentina termasining eng yaxshi futbolchisi. Ko'pchilik 0:3 hisobidagi mag'lubiyatda Leo Messini aybladi. Buyog'i sir emas, "Barselona"dagi kabi sheriklar bo'lsa-da, milliy termadagi faoliyati juda og'ir o'tmoqda. "Albiseleste" kuchsizroqdek ko'rinmoqda.

"Unga achinaman, chunki deyarli barcha top-futbolchilar milliy termada ham klubdagi kabi o'yin ko'rsata olishadi. "Barselona" va Argentina termalarida umuman boshqacha tarkib bor. "Kamp Nou"da himoyada alo darajada o'ynaydigan - Buskets, Inesta, Rakitich kabi futbolchilar bor. Biroq termada bundaylarni topib bo'lmaydi. SHu boisdan ham Messi maydon markazida va hujumda ham o'ynaydi. U qaysi biriga ulgursin?", - deydi Gus Xiddink.

Muxlislar Messidan ko'prog'ini kutishmoqda. Endi u bunday salbiy ro'yxatlardan chiqib ketish uchun qattiq urinsa kerak.

SERGEY MILINKOVICH-SAVICH

Sergey mundialda juda og'ir o'yin ko'rsatmoqda. Balki u o'zining kelajagini o'ylayotgan bo'lishi ham mumkin. Uning xizmatlariga "Yuventus", "Real", "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi. Biroq xavbek hali o'zini ko'rsata olmadi. Serbiya esa mundial bilan xayrlashib bo'ldi.

JCHning ilk o'yinida Kosta-Rika Aleksandr Kolarovning fantastik zarbasi evaziga mag'lubiyatga uchratildi. Biroq 2-turda serbiyaliklar SHveycariyaga yutqazdi. SHunda ham u ajoyib o'ynay olmadi. Birgina Valon Bexramining o'zi Serbiyaning butun bir himoyasini aldab yurdi.

Milinkovich-Savich termadagi umidlarni oqlay olmadi. Balki u faqatgina klubida kuchli futbolchidir...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика