So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

JCH saralash uchinchi bosqich yakunlari. To'rtinchi bosqich qachon bo'ladi? Yangiliklar

JCH saralash uchinchi bosqich yakunlari. To'rtinchi bosqich qachon bo'ladi?

Osiyo qitsida 2026 yilgi Jahon chempionatining uchinchi bosqich saralash o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Saralash bahslari 2024 yilning 5 sentyab kuni start olgandi va shu yilning 10 iyun sanasida tugadi. Saralashda jami 18ta jamoa ishtirok etdi. Jamolar 6tadan uch guruhga bo'lindi. Musobaqa formatiga ko'ra,har bir guruhdan ikkitadan jamoa to'g'ridan to'g'ri Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi.

O'yinlar uy-mehmon tartibida o'tkazilib, bunda har bir jamoa 10tadan uchrashuv o'tkazdi. O'z guruhlarida 3-4 o'rinlarni egallagan jamoalar navbatdagi - saralashning to'rtinchi bosqichiga yo'l oldi.

A guruhi yakunlari
Bu guruhdan Eron va O'zbekiston yuqori ikki o'rinni band etib, JCH yo'llanmasiga ega chiqdi. BAA va Qatar esa keyingi raundga yo'l oldi. O'zbekiston terma jamoasi 10ta uchrashuvning oltitasida zafar quchib, uch marta durang qayd etdi va faqat bitta o'yinda mag'lub bo'ldi. Natijada vakillarimiz 21 ochko to'plab tarixda ilk bor mundial baxtiga muyassar bo'lishdi.




B guruhi yakunlari
Janubiy Koreya va Iordaniya guruhdan chiqdi. Iroq bilan Ummon esa to'rtinchi raundga yo'l oldi. Janubiy Koreya bu bosqichni mag'lubiyatsiz o'tkazdi: 6 g'alaba va 4 durang. Iordaniya esa 16 ochko to'plab ham JCHga chiqsa bo'lishini isbotladi.




C guruhi yakunlari
Yaponiya muddatidan avval JCH ishtirokchisiga aylandi. Avstraliya masalani oxirgi turda hal etib, ikkinchi yo'llanmani qo'lga kiritdi. Saudiya Arabistoni bilan Indoneziya keyingi bosqichga yo'l oldi. Yaponiya terma jamoasi Eron bilan birgalikda bu bosqichda eng ko'p g'alaba qozongan jamoa bo'ldi: 7ta.




JCH ishtirokchilari 10ta bo'ldi

Malumki, navbatdagi Jahon chempionati 48ta davlat ishtirokida o'tkaziladi. Musobaqa mezboni sifatida AQSH, Meksika va Kanada tanlangan. Hozirgi paytga kelib uchta mezbondan tashqari mundial ishtirokchilari soni 10taga etdi. Bular - Yaponiya, Avstraliya, Eron, O'zbekiston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Argentina, Braziliya, Ekvador va Yangi Zelandiya.




To'rtinchi bosqich qachon boshlanadi?

Uchinchi bosqich yakunlariga ko'ra, guruhdan chiqqan 6ta jamoa buyog'iga faqat Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'radi. Jahon chempionatiga qadar yaqin bir yil ichida ushbu oltita jamoa FIFA yoki OFK rasmiy turnirlarida ishtirok etmaydi. Demak, biz ham faqat o'rtoqlik uchrashuvlari orqali mundialga hozirlik ko'ramiz.

O'z guruhlarida 3-4 o'rinlarni egallagan jamoalar esa saralashni davom ettiradi. O'yinlar oktyabr oyida markazlashgan tartibda Saudiya Arabistoni va Qatarda bo'lib o'tadi. Saralash tartibiga ko'ra, 6ta jamoa uchtadan ikki guruhga bo'linadi.




Jamoalar bir-biri bilan bittadan o'yin o'tkazib, yakunda faqat guruh g'oliblarigina (2ta jamoa) JCHga yo'l oladi. Ikkinchi o'rinni band etgan jamoalar o'zaro pley-off bahslarini o'tkazib (13 noyabr/18 noyabr), yutgan jamoa qitalararo pley-off yo'llanmasiga ega bo'ladi, bu endi saralashning beshinchi bosqichi hisoblanadi.

To'rtinchi bosqich o'yinlari 8, 11, 14 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Qura tashlash marosimi 17 iyulga belgilangan bo'lib, Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etiladi. Shunday qilib saralashning to'rtinchi bosqichida Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Iroq, Ummon va Indoneziya ishtirok etadi.

Hozircha qaysi guruh qaerda o'ynashi aniq emas. Katta ehtimol bilan Saudiya va Qatar bitta guruhga tushmaydi, chunki ular saralash mezbonlari hisoblanadi. Shundan kelib chiqsak, Saudiya Arabistoni guruh o'yinlarini o'zida, Qatar ham o'zida o'tkazsa kerak. Bu esa boshqalarga yoqmasligi tabiiy. Masalan, Indoneziya bu xabarni eshitishi bilanoq darrov norozilik bildirdi va uy-mehmon shaklida o'tkazish kerakligini takidladi.

Bunday norozilik keyinchalik BAA terma jamoasida ham paydo bo'lishi iumkin. Lekin buning bizga zarracha qiziq yo'q. Chunki O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqib bo'ldi. Bizda bayram davom etadi, to'rtinchi bosqichni boshqalar o'ylayversin.

X.Xoliqov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика