So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  20 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  702

JCH rekordchilari. Ular kimlar? FOTO Yangiliklar

JCH rekordchilari. Ular kimlar? FOTO

Jahon chempionatidagi ulkan muvaffaqiyat kimga tegishli?

Jahon chempionatlarida ajoyib natijalarni qayd etgan futbolchilarni quyida saytimiz o'quvchilariga taqdim etamiz. 


Pele

Futbol qiroli. Jahon chempionati tarixida 3 marotaba g'olib bo'lgan yagona futbolchi. Pele Braziliya terma jamoasi bilan 1958, 1962 va 1970 yillarda bo'lib o'tgan jahon chempionatlari oltin medali sohibi. SHuningdek, Pele jahon chempionatining eng yosh gol muallifi. Pele JCH-1958 yili Uels terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilganda u bor yo'g'i 17 yoshda edi.



Miroslav Kloze

Jahon chempionatlarida eng ko'p urilgan gol germaniyalik futbolchi Miroslav Klozega tegishli. Kloze mundiallarda raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg'ol qilgan. JCH-2002 yili 5ta, JCH-2006 yili 4ta va JCH-2010 yili esa raqiblar darvozasiga 2ta to'p kiritib Ronaldoni  1ta Gerd Myullerni 2ta gol evaziga ortda qoldirib ketgan.


Jyust Fonten

Bitta jahon chempionatida eng foydali to'purar franciyalik hujumchi Jyust Fonten. Fonten JCH-1958 musobaqasida raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg'ol qilishga erishgan. Fonten musobaqaning guruh bosqichida Paragvay darvozasiga 3ta to'p kiritgan. Keyin Yugoslaviya terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etgan va SHotlandiya darvozasiga bitta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. SHundan so'ng, Jyust chorak finalda SHimoliy Irlandiya terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan va yarim finalda Braziliya terma jamoasi darvozasini bir bor ishg'ol qilgan. Uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan o'yinda Fonte Germaniya terma jamoasi darvozasiga 4ta to'p kiritib pokker qayd etgan. SHu kunga qadar jahon chempionati tarixidi hech kin franciyalik futbolchining natijasini takrorlay olmagan.


Oleg Salenko


1994 yilgi jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi hujumchisi Oleg Salenko Kamerun terma jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilgan. Jahon chempionati tarixida bunday natijani boshqa hech kim takrorlay olmagan. Eng qizig'i, Kamerun bilan bo'lib o'tgan o'yin Oleg Salenkoning Rossiya terma jamoasidagi so'ngi uchrashuvi bo'lgan.



Jeffri Xyorst


Jahon chempionatidagi buyuk to'prarlar mavzusini davom ettiramiz. Ular qatoriga Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jeffri Xyorstni qo'shmasak bo'lmaydi. Xyorst jahon chempionati finalida xet-trik qayd etgan futbolchi. Ushbu voqea 1966 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda sodir bo'lgan.


Antonio Karbaxal va Lotar Matteus


Meksika terma jamoasi darvozaboni Antonio Karbaxal va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Lotar Matteus 5 marotabadan jahon chempionatida ishtirok etishgan. Karbaxal 1950 yildan 1966 yilga qadar bo'lib o'tgan 5ta jahon chempionatida ishtirok etgan. Matteus 1982 yilgi jahon chempionatida debyut uchrashuvini o'tkazgan. 1998 yilgi mundial esa germaniyalik futbolchi uchun faoliyatidagi so'ngisi bo'lgan. Aynan Matteus jahon chempionatlarining final bosqichidagi o'yinlarning soni bo'yicha rekord o'rnatgan. Meksika terma jamoasi himoyachisi Rafael Markes uchun ham bu yilgi jahon chempionati faoliyatidagi beshinchi mundial bo'ladi.



Kafu

Braziliyalik himoyachi Kafu 1994, 1998 va 2002 yillarda ketma-ket 3 marotaba jahon chempionati finalida ishtirok etgan yagona futbolchi. Bo'lib o'tgan ushbu mundiallarning ikkitasida Kafu bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 1994 yili Braziliya final bosqichida penaltilar seriyasida Italiyani mag'lubiyatga uchratgan. 2002 yili esa Braziliya Germaniya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.


Farid Mondragon

Qarama-qarshi manodagi rekord natija kolumbiyalik darvozabon Farid Mondragonga tegishli. Mondragon jahon chempionatlarida ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchi hisoblanadi. Mondragon 2014 yilgi jahon chempionatida Yaponiyaga qarshi uchrashuvda 43 yoshida maydonga tushgan. Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda Mondragonning natijasini 45 yoshli Misr terma jamoasi darvozaboni Essamu El-Xadari yangilashi mumkin.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика