So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  1 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  8 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  18 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

JCH oldidan. Braziliya-1950 Yangiliklar

JCH oldidan. Braziliya-1950

Teglar :  JCH-2018
Jahon chempionatiga ham oz vaqt qoldi. Biz mundiallar tarixi haqida yozishda davom etamiz.

1950 yilning 24 iyun-15 iyul kunlari Braziliya yashil maydonlarida hisob bo'yicha to'rtinchi jahon chempionati o'tkazildi.

Ikkinchi jahon urushi sababli 1938 yildan keyin ilk marta jahon chempionati bahslari o'tkazildi. Unda Urugvay termasi g'oliblikka erishdi va 1930 yilgi natijasini takrorladi.

Guruh bosqichidan chiqqan jamoalar sovrinli pog'onalar uchun yana bir bor aylana tizimida kuch sinashdi, shu boisdan ushbu turnir tarixda qoldi. Hal qiluvchi bellashuvda Urugvay mezbon Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

SHuningdek, ushbu turnir sovrini ilk marta Jyul Rime nomi bilan ataldi.

QATNASHCHILAR

Turnirda 16 terma jamoa qatnashish huquqini qo'lga kiritdi:

Evropa
Angliya
Ispaniya
Italiya - amaldagi jahon chempionlari turnirga avtomatik tarzda yo'llanma olgan
Turkiya
SHveycariya
SHveciya
SHotlandiya
Yugoslaviya

Janubiy Amerika
Boliviya
Braziliya - turnir mezboni avtomatik tarzda yo'llanma olgan
Paragvay
Urugvay
CHili

SHimoliy Amerika
Meksika
AQSH

Osiyo
Hindiston

Saralash boshlanguncha Turkiya va SHotlandiya chempionatda qatnashishdan bosh tortdi. FIFA bo'sh joylarni Portugaliya va Franciya orqali to'ldirishga harakat qildi, biroq bunga portugallar rad javobini berdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan Franciya va Hindiston mundialda qatnashishdan bosh tortdi. Yakunda chempionat 1930 yilgi kabi 13 terma ishtirokida o'tkazildi. Guruhlardagi tarkiblarga o'zgartirishlar kiritilmadi.

Turnirda ilk marta Angliya termasi ham qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

SARALASH BOSQICHI

Avtomatik tarzda turnirga yo'llanma olish

Amaldagi jahon chempioni turnirga avtomatik tarzda turnirga yo'llanma oldi. Biroq turnir bo'lishiga bir yil qolganida Italiya termasining asosini tashkil etgan "Torino" futbolchilari aviahalokatga uchradi. SHunga qaramasdan Italiya turnirdan chiqib ketmadi, ammo ular Braziliyaga kemada borishdi.

Qolgan 14 o'rin shu tarzda taqsimlandi: Evropadan 7, Amerikaning ikki qitasi uchun 6 va Osiyoga 1 yo'llanma berildi.

Saralashga yo'llanma berilmaganlar

Ikkinchi jahon urushida "faol" bo'lgani uchun Germaniya va Yaponiya terma jamoalari saralashga qo'yilmadi. Biroq Italiya va Avstriya sankciyalardan chetda qolishdi. SHuningdek, Saar (Germaniyadagi viloyat) va GDR termalari ham "qopdan tushib qoldi“.

Britaniya termalari

Uzoq yillardan keyin Britaniya tarkibidagi davlatlar ham JCHda qatnashish taklifini qabul qilishdi. Britaniyaliklar o'zlarining guruhli tizimini ishga solishdi va saralash bosqichiga eng yaxshi ikki terma Angliya va SHotlandiya yo'llanma oldi.

Saralashgacha chiqib ketganlar

O'sha davrdagi holatni inobatga olgan holda dunyoning ko'plab davlatlari JCHda qatnashmaslikni maqul topdi. Saralashda qatnashmaslikni Xitoy, Sobiq Ittifoq, Bolgariya, Vengriya, Greciya, CHexoslovakiya kabi davlatlar istadi. 1938 yilgi mundialda qatnashgan Ruminiya, Polsha, shuningdek, Islandiya va Albaniya kabilar ham saralashda qatnashishdan bosh tortdi.

TURNIR

Stadionlar

Rio-de-Janeyro. "Marakana", 199854
San-Paulu. "Pakaembu", 60000
Belu-Orizonti. "Seti-di-Setembru", 30000
Kuritiba. "Vila Kapanema", 10000
Portu-Alegri. "Dos Eukaliptus", 20000
Resifi. "Ilya-du-Retiru", 10000

Final o'yinlari

Braziliya - SHveciya 7:1
Urugvay - Ispaniya 2:2
Urugvay - SHveciya 3:2
Braziliya - Ispaniya 6:1
Urugvay - Braziliya 2:1
SHveciya - Ispaniya 3:1

Jadval

O'

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

±

O

1

Urugvay

3

2

1

0

75

+2

5

2

Braziliya

3

2

0

1

144

+10

4

3

SHveciya

3

1

0

2

611

−5

2

4

Ispaniya

3

0

1

2

411

−7

1

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика