So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  2 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  470 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

JCH-2022. Urugvay – Janubiy Koreya bahsida ham gol ko'rmadik Yangiliklar

JCH-2022. Urugvay – Janubiy Koreya bahsida ham gol ko'rmadik

Mundial ilk turidan o'rin olgan Urugvay – Janubiy Koreya uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

JCH-2022

"H" guruhi. 1-tur

Urugvay – Janubiy Koreya 0:0

18.00, «Edyukeyshn Siti». 41663 muxlis

Urugvay – 23. Serxio Rochet, 22. Martin Kaseres, 3. Diego Godin, 2. Xose Mariya Ximenes, 16. Matias Olivera (7. Nikolas de la Kruz, 78), 5. Matias Vesino (17. Matias Vinya, 79), 6. Rodrigo Bentankur, 15. Federiko Valverde, 8. Fakundo Pelistri (13. Gilermo Varela, 88), 9. Luis Suares (21. Edinson Kavani, 64), 11. Darvin Nunes.

Janubiy Koreya – 1. Kim Sin Gyu, 15. Kim Mun Xvan, 19. Kim En Gvon, 4. Kim Min CHje, 3. Kim CHjin Su, 5. CHjon U En, 10. Li Jae Son (13. Son CHjun Xo, 74), 6. Xvan In Bom, 7. Son Xyon Min, 16. Xvan Iy CHjo (9. CHo Gyo Sun, 74), 17. Na San Xo (18. Li Kan In, 75).

Ogohlantirish: Kaseres (57), CHo Gyo Sun (88), Gilermo Varela (90+8).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! 1-turda Osiyoning so'nggi jamoasi durang o'ynadi. Umuman olganda dastlabki tur osiyoliklar uchun yomon o'tgani yo'q.

90+6. Urugvay burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.

90+4. Janubiy Koreya bosimni oshirdi. Biroq Xvang In Bom chap oyog'ida judaaa noaniq zarba yo'llab, barchasini yo'qqa chiqardi.

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAAA!! Darvozabonning qo'pol xatosidan keyin Son Xen Min to'pni egallab olib, noaniq zarba yo'lladi.

90. ZARBAAAAAAAA!! Federiko Valverdeeeee!!! Uning zarbasi darvozaning to'qqizligi to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

88. Bentankurning qanotdan oshirgan to'pini Kavani boshi bilan darvoza tomon burdi. Vinya esa zarba berishga ulgurmadi.

86. Aftidan ikkala terma ham gol urishni istashmayapti.

81. ZARBAAAAAA!! Nunesning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ketdi.

78. Ikki terma tarkibida bir necha o'zgarishlar bo'ldi. Tomonlar gol urishni istashmoqda. Biroq temp ko'tarilgani yo'q.

75. Son Xen Min qanotdan to'pni markazga oshirdi. Bentankur to'pni qaytarib yubordi.

72. Urugvaydan hujum. Havolatib uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi. Ikkinchi tempdagi hujum esa noaniq pas bilan tugadi.

69. Xavfli zarba bo'lishi mumkin edi. Kavani to'pni to'xtatib olib, aylanib, zarba ham berdi. Himoyachi to'pga "blokshot" qo'yishga ulgurdi.

63. Xavfli vaziyat! Darvin Nunesning raqibi yiqilib tushdi va Darvinga yo'l ochilib qoldi. Darvin darvozabon maydonchasi ichiga kirib keldi va erlatib pas oshirdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi. 

60. Son Xen Min qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Ammo Valverde to'pni qaytarib yubordi.

53. IE! Bentankur o'z jarima maydonchasi ichida raqibini ochiqchasiga itarib yiqitdi. Bosh hakam bunga penalti bermadi... Ikki kun avval esa Saudiya Arabistoni darvozasiga shu tariqa penalti berilgandi. L-logika)

51. XAVFLI VAZIYAT! Son Xen Min ajoyib tarzda bir raqibini aldab o'tgandi. Ikkinchisidan o'ta olmadi. Xose Mariya Ximenes koreyalik futbolchini o'tkazib yuborgani yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

19:01. Ikkala terma ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishmoqda.

Tanaffus!

Nahotki, taymga atigi 1 daqiqa qo'shildi. Bu turnir rekordi bo'lsa kerak)

44. ZARBAAAAAAAAAA!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Diego Godin boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza ustunini titratdi.

43. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Suaresga kelayotgan to'pni CHjon U En burchakka chiqarib yubordi.

42. Bunisi qanday bilmadimu, taymni Urugvay ikkinchi raqamli bo'lib o'tkazdi. Janubiy Koreya ushbu taymda raqibdan ustunlik bilan o'ynagandek ko'rindi.

39. UXXXXXXX!! Janubiy Koreyada yana bir ajoyib xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq undan foydalanishning iloji bo'lmadi.

34. ZARBAAAAAAAAA!!! Janubiy Koreya golga tortadigan ilk xavfli vaziyatdan foydalana olmadi! Xvan Iy Joning darvoza tomon yo'llagan zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq ko'rinish oldi.

27. Urugvay yana tezkor qarshi hujumga o'tdi. Yakuniy pas Darvin Nunesga mo'ljallangandi. Biroq to'p Darvinga etib borguncha Kim Sin Gyu tomonidan qaytarib yuborildi.

26. Urugvay ham ilk burchak zarbasini amalga oshirdi. Valverdening uzatmasini himoyachilar qaytarib yubordi.

22. XAVFLI VAZIYAT! Pellistrining boshi bilan ajoyib pasidan keyin Darvin Nunes 100 foizlik imkoniyatdan foydalana bilmadi.

20. ZARBAAAAAAA!!! Uchrashuvdagi ilk xavfli zarba Valverde tomonidan berildi. Uning tepgan to'pi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

17. Kim CHjin Su chap qanotdan to'pni aylantirib, darvoza tomon uzatib berdi. Biroq to'p yo'l-yo'lakay maydonni kesib o'tdi. Bosh hakam esa to'p darvoza oldidan o'yinga kiritilishini malum qildi.

13. Urugvay tezkor qarshi hujumga o'tdi. Oliveraning uzatgan to'pini koreyslar posboni ushlab oldi.

13. Son Xen Min hujumga o'tayotgandi. Uni Martin Kaseres ushlab qoldi. Bu erda fol qayd etimaganiga xatto Sonning o'zi ham hayron.

11. Urugvay termasi hozircha o'zini ko'rsata olgani yo'q. Janubiy Koreya ko'proq hujum qilmoqda.

8. Koreyaliklar hozircha ustunlikni berish niyatida emas. Burchak zarbasidan koreyaliklar unumli foydalana olishmadi.

5. Dastlabki 5 daqiqa koreyaliklarning total ustunligi ostida kechdi.

2. Bahsda ilk standart. Son Xen Min oshirib bergan to'p himoyachi va hujumchining boshidan o'tib, darvozabonning qo'liga borib tushdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

17:54 - Ayni damda ikki termalarning madhiyalari yangramoqda.

17:50 - Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "H" guruhi doirasidagi Urugvay - Janubiy Koreya termalari ishtirokidagi bahsga qaratamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика