So’nggi yangiliklar

21:00ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" (матнли трансляция)  9 20:51Германия терма жамоаси Жаҳон чемпионатида киядиган либосини тақдим этди  4 20:29ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон". Бошланғич таркиблар аниқ!  16 19:55U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади  187 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  9 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  2 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  32 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  27 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  14 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  9

JCH-2022. Angliya Uelsni yirik hisobda mag'lub etdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi Yangiliklar

JCH-2022. Angliya Uelsni yirik hisobda mag'lub etdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi

Teglar :  UelsAngliyaJCH-2022
Jahon chempionati "B" guruhi uchinchi turidan o'rin olgan Britaniya derbisi kuniga etdi.

Wales

World Cup Grp. B . 3-tur

30/11/2022, 00:00

3
:
0
Tugadi

England

Marcus Rashford - 50', Phil Foden - 51', Marcus Rashford - 68'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 44297 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
29'  Daniel James
36'  Neco Williams (Connor Roberts)
46'  Gareth Bale (Brennan Johnson)
59'  Ben Davies (Joe Morrell)
61'  Aaron Ramsey
77'  Daniel James (Harry Wilson)
81'  Joe Allen (Rubin Colwill)
50'  Marcus Rashford
51'  Phil Foden
51'  Harry Kane
57'  Kyle Walker (Trent Alexander-Arnold)
58'  Harry Kane (Callum Wilson)
58'  Declan Rice (Kalvin Phillips)
65'  Luke Shaw (Kieran Trippier)
68'  Marcus Rashford
68'  Kalvin Phillips
75'  Marcus Rashford (Jack Grealish)

Uels – Angliya 0:3

"Axmed bin Ali"

Gollar: Reshford 50, Foden 52, Reshford 68.

Uels – Uord, Uilyams, Rodon, Mifem, Devis, Roberts, Ampadu, Remzi, Allen, Beyl, Mur, Djeyms.

Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, SHou, Xenderson, Rays, Bellingem, Foden, Keyn, Reshford.

Ogohlantirishlar: Djeyms (29).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

77. Uels guruhda so'nggi o'rinni egallashga yaqin turibdi. Angliya esa birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqadi va Senegal bilan to'qnash keladi.

68. GOOOOOOL! YANA RESHFORD! Markus o'ng qanot orqali raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va chap oyog'i bilan kuchli zarba berdi. To'p darvozabonnig oyoqlari ostidan o'tib, golga aylandi. 3:0.

56. MAGUAYR! Xarri raqib zarbasini qaytaraman deb to'pga boshi bilan tegdi. Natijada to'p darvozaga yanada xavfliroq yo'nalish ila yo'l oldi. Biroq Pikford xavfni bartaraf etdi, to'pni egallab oldi.

52. GOOOOOL! 2:0! Xarri Keyn raqibning xatosidan foydalanib to'pni egallab oldi va tezda uni Fodenga uzatdi. Fil esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

50. ZARBAAA, GOOOOOOOOLLLLL! RESHFOOORD! Markus o'zining o'ta kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi.

49. Foden Angliya uchun raqib jarima maydonchasi yonidan standart ishlab berdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi. Beyl zaxiraga olindi.

TANAFFUS!

45+3. Burchakdan uzatilgan to'pni Stouns darvozaga yo'lladi, ammo posbon to'pni egallab olishga muvaffaq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

39. Reshford to'pga "qaychi" uslubida zarba berishga urindi, ammo o'xshamadi.

38. Ajoyib uzatmalar, paslar ketma-ketligidan so'ng Foden zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

36. Uelsda majburiy o'zgarish: Reshfordning zarbasidan so'ng to'pni boshi bilan qaytargan Neko Uilyams o'rniga Konnor Roberts maydonga tushdi.

31. Xarri Maguayr hujumga o'tdi, ammo u uzatgan to'p hech kimga tegmay qarama-qarshi burchakka qarab ketdi.

25. Reshford Sautgeytning xafsalasini pir qilmoqda, chunki u ko'plab "brak" harakatlar amalga oshirib, vaziyatlardan foydalana olmayapti.

18. To'p havolatib o'ngroqdagi Maguayrga uzatildi, ammo u to'pni boshi bilan jamoadoshiga tashlay olmadi va xavf bartaraf etildi.

17. Uels terma jamoasi vakillari o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzishdi. Keyn yiqitildi. Darvozagacha masofa taxminan 24 metr.

14. Foden taxminan 20 metr uzoqlikdan Uels darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq to'p darvoza ustun yonidan o'tib ketdi.

12. Inglizlar bu bahsda durang qayd etishsa ham keyingi bosqichga yo'l olishadi, ammo birinchi o'rin naqd bo'lishi aniq emas, chunki ikkinchi juftlikdagi bahsda Eron g'alabaga erishsa 6 ochko bilan guruh pleshqadamiga aylanib oladi.

6. Ilk 5 daqiqada to'pni nazorat qilish bo'yicha ustunlik kutilganidek Angliyada bo'ldi, biroq inglizlar uzatmalarda xatolarga yo'l qo'yishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Uels – Angliya

« Axmed bin Ali stadioni»

Uels – Uord, Uilyams, Rodon, Mifem, Devis, Ampadu, Remzi, Allen, Beyl, Mur, Djeyms.

Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, SHou, Xenderson, Rays, Bellingem, Foden, Keyn, Reshford

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика