So’nggi yangiliklar

19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  0 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  3 18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:2 (Матнли трансляция)  67 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  22 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  13 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  43 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7

JCH-2022. Sensaciya qayd etgan Saudiya Arabistoni 2-turda Polshaga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

JCH-2022. Sensaciya qayd etgan Saudiya Arabistoni 2-turda Polshaga mag'lub bo'ldi

Polsha hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2022 uchrashuvi yakuniga etdi.

Poland

Piotr Zielinski - 39', Robert Lewandowski - 82'

World Cup Grp. C . 2-tur

26/11/2022, 18:00

0
:
2
Tugadi

Saudi Arabia

Stadion: Education City Stadium, 44259 tomoshabin

Bosh hakam: Wilton Sampaio

45'
90'
15'  Jakub Kiwior
16'  Matty Cash
19'  Arkadiusz Milik
39'  Piotr Zielinski
39'  Robert Lewandowski
63'  Piotr Zielinski (Jakub Kaminski)
71'  Arkadiusz Milik (Krzysztof Piatek)
82'  Robert Lewandowski
20'  Abdulelah Al Malki
45'  Salem Al-Dawsari
45'  Abdulelah Al Amri
46'  Sami Al-Najei (Nawaf Al-Abid)
65'  Mohammed Al Burayk (Sultan Al Ghanam)
85'  Abdulelah Al Malki (Abdulrahman Al-Obood)
85'  Saleh Al-Shehri (Nasser Al Dawsari)
90'  Nawaf Al-Abid (Hattan Sultan Bahbri)

Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0

"Education City Stadium"

Gollar: 1:0 – 39 Zelinski, 2:0 – 82 Levandovski.

Polsha – SHchensny, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Zelinski (Kaminski, 63), Frankovski, Kryxovyak, Belik, Levandovski, Milik (Pentek, 71).

Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Abdelxamid, Al-Bulayxi, Al-Amri, Al-Breyk (Al-Ganam, 65), Al-Dosari, Kanno, Al-Malki (Al-Obod, 85), Al-Nadji (Al-Abed, 46), Al-Breykan, Al-SHexri (Al-Dosari, 86).

Ogohlantirishlar: Kiver (15), Kesh (16), Milik (19), Al-Malki (21), Al-Amri (45).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. Levandovski Al Ovays bilan duelda gol ura olmadi. Posbon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

89. Saudiyaliklar futbolchisi yana maydon markazida to'pni oldirdi, bu safar orqaroqda uning jamoadoshi borligi tufayli Polsha hujumga o'tishga shoshilmadi.

82. GOOOOOOL! LEVANDOVSKI! Robert nihoyat maqsadiga erishdi. Saudiyalik yarim himoyachi Al Malki to'pni o'ziga to'g'irlashda xatoga yo'l qo'ydi va Levandovski uni egallab oldi. Robert birga-bir vaziyatda darvozabonni mag'lubiyatga uchratdi. Goldan so'ng Levandovski yig'lab yubordi, bu uning mundialdagi birinchi goli.

80. Al G'annam jarima maydonchasiga uzatgan to'pga hech kim tegmadi.

78. ZARBAAAAA... Al Malkning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketgan.

76. Stadiondagi vakillarimizdan biri Tolibjon Qosimovning yozishicha, arenaga 44259 nafar muxlis tashrif buyuripti.

75. Levandovski raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqishi mumkin edi, ammo Al Ovays undan avval to'pga etib keldi va xavfni bartaraf qildi.

71. O'zgarish: Milik o'rniga Pyontek maydonga tushdi

63. ZARBAAAA.... MILIK. Arkadiushningbosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib qaytdi.

62. Vaziyat yaratish bo'yicha yaqqol ustunlik arablarda, ammo uni golga aylantira olishmayapti.

60. ZARBAAA... Firas Al Buraykan ajoyib vaziyatdan darvozani ishg'ol qila olmadi. Hamma hayratda.

55. NIMALAR BO'LYAPTIII? Saudiyaliklar raqib jarima maydonchasi ichida o'ta xavfli hujum tashkil qilishdi va zarba ham berildi, ammo SHesni to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

54. Zarbaaaa... Al Dovsarining kuchli zarbasi ansa noaniq bo'ldi.

49. Al Ovays to'pga raqibdan avval chiqib keldi va Polshaning hujumini to'pni autga tepib to'xtatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+5. Saudiyaning qanotdan amalga oshirgan hujumidan foyda chiqmadi.

45+1. Penalti! Dovsarining zarbasini SHesni qaytardi, qaytgan to'pga Al Burayk zarba berdi, ammo ikkinchi zarba ham qaytarildi.

45. Birinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi.

44. PENALTI! Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Saudiyaliklar esa penaltini talashishmoqda.

43. Polsha jarima maydonchasi ichida Al SHahri yotibdi, hakam esa VAR orqali penaltini tekshirmoqda.

39. GOOOOOOLLLLL! Polsha hisobni ochdi. To'p qanotdan jarima maydonchasiga uzatildi, Levandovski darvozaga zarba bermay, posbonni aldab o'tdi va orqaroqda turgan Zelinskiyga pas berdi, Petr esa zarbada adashmadi. 1:0.

37. Al Bulayhining qo'lini Levandovski bosib olgan ekan, futbolchiga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishdi va u maydonga qaytdi.

35. Levandovski to'p bilan raqiba jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo raqibiga nisbatan fol ishlatdi. Hakam tezda hushtak chalib, hujumni to'xtatdi.

31. Kanno negadir raqib jarima maydonchasi oldida qo'l bilan o'ynashga qaror qildi.

26. BELIIK! Polshalik futbolchinng zarbasini Al Ovays qaytardi.

23. Al Dovsarining raqib jarima maydonchasiga yorib kirishi va zarbasidan foyda chiqmadi, chunki to'p himoyachiga tegdi va hujum yo'qqa chiqdi.

22. Al Burayk jarohat olgandek ko'ringandi, ammo futbolchining ahvoli yaxshi va u maydonga qaytdi.

18. Saudiyaning jarima zarbasidan so'ng to'p SHesnining qo'liga borib tushdi.

14. Ayni damda ushbu o'yin o'tayotgan "Education City" arenasida saytimiz vakillari Tolibjon Qosimov hamda G'ayrat Xasbiulinlar ishlashmoqda.

13. ZARBAAAA! KANOOOOO! Muhammad Kannoning zarbasini SHesni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.

11. Kanno Krixovyakka blok qo'ygani uchun hakam xushtak chaldi.

10. Erve Renarga shogirdlarining o'yini yoqmayapti.

8. Saudiyaliklarning faolligi hali ham davom etmoqda, Polshaning himoyadagi ishonchli o'yini tufayli arablar raqib darvozasiga yo'l topa olishmayapti.

3. Bahsning startida saudiyaliklar faol harakat qilib, golli vaziyat tashkil qilishga ko'p kuch sarflshmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Polsha – SHensni, Kesh, Glik, Bereshinski, Kiver, Frankovski, Krixovyak, Zelinski, Belik, Levandovski, Milik.

Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Abdulhamid, Al Bulayhi, Al Amri, Al Breyk, Al Dovsari, Kanno, Al Malki, Al Naji, Al Breykan, Al SHehri

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика