So’nggi yangiliklar

10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  1 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  3 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  7 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  1 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  4 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  7 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51

JCH-2022. Ispaniya va Germaniya o'rtasidagi uchrashuvda durang qayd etildi Yangiliklar

JCH-2022. Ispaniya va Germaniya o'rtasidagi uchrashuvda durang qayd etildi

Jahon chempionati ikkinchi turidan o'rin olgan Ispaniya - Germaniya uchrashuvida tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.

Ispaniya – Germaniya 1:1

27 noyabr, 23:59, « Al-Bayt stadioni»

Gol: 1:0 – 62 Morata.

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Rodri, Alba, Buskets, Pedri, Gavi, Olmo, Asensio, Ferran Torres (Morata, 54).

Germaniya – Noyer, Kerer, Ryudiger, Zyule, Raum, Gyundogan, Goretcka, Kimmix, Myuller, Gnabri, Musiala.

Ogohlantirishlar: Kerer (37), Buskets (44), Goretcka (58), Kimmix (60).

Spain

Alvaro Morata - 62'

World Cup Grp. E . 2-tur

28/11/2022, 00:00

1
:
1
Tugadi

Germany

Niclas Fuellkrug - 83'

Stadion: Al Bayt Stadium, 68895 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
44'  Sergio Busquets
54'  Ferran Torres (Alvaro Morata)
62'  Alvaro Morata
62'  Jordi Alba
66'  Marco Asensio (Koke)
66'  Gavi (Nico Williams)
82'  Jordi Alba (Alejandro Balde)
37'  Thilo Kehrer
40'  Antonio Ruediger
58'  Leon Goretzka
60'  Joshua Kimmich
70'  Ilkay Gundogan (Leroy Sane)
70'  Thomas Mueller (Niclas Fuellkrug)
70'  Thilo Kehrer (Lukas Klostermann)
83'  Niclas Fuellkrug
83'  Jamal Musiala
85'  Serge Gnabry (Jonas Hofmann)
87'  David Raum (Nico Schlotterbeck)

Ikkinchi turdan so'ng guruhdagi vaziyat:


90+6. O'yin yakunlandi! 1:1

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'ZGARISH: Raum maydonni tark etdi. SHlotterbek maydonga tushdi.

85. O'ZGARISH: Gnabri o'rniga Xofmann maydonga tushdi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Fyullkrug hisobni tenglashtirmoqda. Germaniya o'yinga qaytdi!

82. O'ZGARISH: Jordi Alba o'rniga, Balde maydonga tushirildi.

81. ZARBAAAAAAAA! Juda qulay jarima to'pidan Kimmix foydalana olmadi. To'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

73. MUSIALAAA! QANDAY QILIB? Birga-bir vaziyatda Musiala to'pni to'g'ri darvozabonga tepdi. Unai Simondan esa seyv!

66. O'ZGARISHLAR: Sane, Fyulkryug va Klostermann maydonga tushirildi. Gyundogan, Myuller va Kerer maydonni tark etdi.

66. O'ZGARISHLAR: Koke va Neki Uilyams maydonga tushdi. Gavi va Asension maydondan olindi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Morata!!! Yaqindagina maydonga tushgan Alvaro Morata Albaning uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga kiritdi. 1:0

58. OGOHLANTIRISH: Goretcka Asensioni qo'pollik bilan to'xtatdi va sariq kartochka oldi.

57. ZARBAAAAAA! Kimmix jarima maydoni ichida kutilmaganda zarba yo'lladi. Unai Simondan ajoyib seyv.

54. O'ZGARISH: Ferran Torrus o'rniga Morata maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi.

45. Ryudigerning o'tkir burchakdan bergan uzatma aralash zarbasini Ispaniya darvozaboni bartaraf etdi.

44. OGOHLANTIRISH: Bir necha futbolchidan o'tib ketgan Musialani Buskets qo'pollik bilan to'xtatdi. Serxio Buskets ogohlantirildi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ryudiger jarim to'pidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga kiritdi!!! Ammo ofsayd ekan... Gol hisobga olinmadi. 

37. OGOHLANTIRISH: Kerer (Germaniya) Ferran Torresga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

34. Manuel Noyer darvozani juda ko'p tark etishga majbur bo'lmoqda. Posbon o'z uslubida.

33. VOOOOOY! Ferran Torres, qanday qilib? Ferran Torres 7-8 metrlardan darvozani nishonga ololmadi. Uning baxtiga bu vaziyatda unga pasni bergan Olmo ofsaydda ekan...

30. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. 

O'yinni Ispaniyaning gegemonlik davrlaridagi himoya va hujum timsollari ham tomosha qilishmoqda - David Vilya va Karles Puyol.

25. Zarbaaa! Gnabrining jarima maydoni chizig'idan bergan zarbasi noaniq ketdi.

22. ZARBAAA! Albaning zarbasi biroz noaniq.

17. To'p nazorati Ispaniyada, ammo o'yinning umumiy kartinasida tenglik.

10. Ajoyib hujum. Goretcka markazdan yorib kirdi va Gnabriga qulay pas berdi. Biroq bu holatda ofsayd qayd etildi.

7. ZARBAAAAAAAAAAA! Olmo bergan kuchli zarbani Noyer qaytarib yubordi. Ajoyib seyv!

1. Super to'qnashuvga start berildi!


Ikki jamoa muxlislari ham stadionga kelishni boshlashgan, albatta. O'yin boshlanishiga taxminan 30 daqiqa bor.

Assalomu aleykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun siz bilan Jahon chempionati ikkinchi turidan o'rin olgan eng markaziy uchrashuv bo'lmish Ispaniya - Germaniya uchrashuvini kuzatib boramiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика