So’nggi yangiliklar

21:16ОЧЛ2. Барчаси "Андижон" учун: "Аркадағ" ва "Ал Аҳли" Ашхободда дуранг қайд этишди  0 21:00ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" (матнли трансляция)  13 20:51Германия терма жамоаси Жаҳон чемпионатида киядиган либосини тақдим этди  4 20:29ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон". Бошланғич таркиблар аниқ!  16 19:55U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади  188 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  9 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  2 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  32 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  27 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  14 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10

JCH-2022. Braziliya SHveycariyani mag'lub etib, pley-off masalasini hal qildi Yangiliklar

JCH-2022. Braziliya SHveycariyani mag'lub etib, pley-off masalasini hal qildi

Jahon chempionatining "G" guruhidan o'rin olgan Braziliya - SHveycariya uchrashuvi yakunlandi.

O'yinda Braziliya 1:0 hisobida g'alabaga erishib, hisobidagi ochkolar sonini 6 taga etkazib oldi va pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi. 

Braziliya – SHveycariya 1:0 

Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.

Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.

SHveycariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Djaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (SHteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).

Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).


SAHIFANI YANGILASH

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyaciyani kuzatishingiz mumkin bo'ldi.


96. UCHRASHUV YAKUNLANDI!


94. Braziliya so'nggi daqiqalarda oldinga o'tmoqda. 


90. Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


89. So'nggi daqiqalarga kelib maydonda temp ko'tarildi. Kurashlar kechmoqda. 


87. Telegramdagi kanalimizda Qatardagi o'yinlardan ajoyib suratlar joylashtirildi. 


86. Har ikki jamoa tarkibida o'zgarish: Braziliyada Aleks Sandro o'rniga Aleks Telles, SHveycariyada esa Vidmer o'rniga Fabian Fray.


83. GOOOOOLLL!! KAZEMIRO! Rodrigoning pasidan so'ng o'ng oyoqdagi ajoyib zarba! Hisob ochildi nihoyat! 1:0!


77. Uchrashuvni 43649 nafar muxlis kuzatayotganini Qatardagi hamkasbimiz Tolibjon Qosimov malum qildi. 


75. SHveycariyada ham ikkita o'zgarish: Sov va Embolo chiqib ketdi. Ebisher va Seferovich o'yinni davom ettiradi. 


73. Braziliyada ikkita o'zgarish: Risharlison va Rafinoya o'rniga Antoni hamda Jezus maydonga tushirildi. 

70. Braziliya hujumni daom ettirmoqda. 


68. Gol bo'lgan vaziyatda Risharlison o'yindan tashqari holatda qolgan ekan. 


64. GOOOOL! VINISIUS!  Yo'q! Gol hisobga olinmadi. VAR ushbu vaziyatda ofsayd borligini qayd etdi. Hisob ochilmadi - 0:0! Davom etamiz!


58. Braziliyada Fred o'rniga Bruno Gimarays maydonga tushdi. SHveycariyada esa Vargas bilan Rider o'rniga Fernandes hamda Steffen o'yinni davom ettiradi.  


56. Sal qolishiga sal qoldi... Vinisiusning oshirgan zarbasi va Risharlisonnnnn. Unga biroz aniqlik etishmadi. 


55. Malumot: JCHlarda Braziliya va SHveycariya o'rtasida ikkita o'yin o'tkazilgan va ularning har ikkisida durang qayd etilgan. 

53. SHveycariya oldinga o'tmoqda. 


52. Fred raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 


50. Rider Rodrigoga qarshi tirsakni ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 


47. Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 


46. Braziliyada Paketa o'rniga Rodrigo o'yinni davom ettiradi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


Tanaffus vaqtida ushbu uchrashuvga atalgan prevyuni o'qishingiz mumkin. Nig'monxo'ja Nozimov saytimiz muxlislari uchun maxsus: JCH-2022. Neymari yo'q Braziliyaning SHveycariyaga qarshi o'yini uchun prevyu


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam bir daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


44. Stadionda bir necha soniyalarga chiroq o'chib qoldi.


42. Braziliya hujumlarni davom ettiryapti. 


39. SHveycariya oldinga o'tdi. Vargas raqib jarima maydonchasi ichida himoyachilarni aldashga urindi. U buni uddalagandi ham. Ammo yakunda zarbaga aniqlik etishmadi.  


33. Militao o'yin qoidasini buzmasdan, "korpus"ni ishga solgan holda raqibdan to'pni olib qo'ydi. 


31. Rafinyadan zarbaaaa! CHap oyoqdagi zarbani Zommer ushlab oldi. Izi)


30. Braziliya ustunlik qilishda davom etmoqda. 


27. Zarbaaaaa! Vinisiusssss! Zommer bu vaziyatda ajoyib seyv namoyish etdi!


23. Tiago Silva o'yin qoidasini buzdi.  


20. Paketaning etkazib bergan to'pidan Risharlison unumli foydalana olmadi. SHveycariya himoyachilari unga imkon berishmadi. 


17. Rider oldinga o'tgandi. Ammo... Hujumda fol.


13. To'p yana Risharlisonda. Biroq bu safar u to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 


12. Braziliya o'ng qanotdan oldinga o'tishdi. Risharlisonning pasi raqib himoyachisi tomonidan qaytarildi. 


10. Asosan evropaliklar oldinga o'tishmoqda. 


6. Ilk burchak zarbasini SHveycariya amalga oshirdi. Hujum braziliyaliklar tomonidan bartaraf etildi. 


4. Kazemiro o'yin qoidasini buzdi. 


1. Uchrashuv boshlandi! SHveycariya boshlab berdi!


- Davlatlar madhiyalari yangramoqda


- Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 


- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Braziliya hamda SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. 


Brazil

Casemiro - 83'

World Cup Grp. G . 2-tur

28/11/2022, 21:00

0
:
1
Tugadi

Switzerland

Stadion: Stadium 974, 43649 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Barton

45'
90'
46'  Lucas Paqueta (Rodrygo)
52'  Fred
58'  Fred (Bruno Guimaraes)
64'  Vinicius Junior
73'  Richarlison (Gabriel Jesus)
73'  Raphinha (Antony)
83'  Casemiro
83'  Rodrygo
86'  Alex Sandro (Alex Telles)
50'  Fabian Rieder
58'  Ruben Vargas (Edimilson Fernandes)
58'  Fabian Rieder (Renato Steffen)
76'  Djibril Sow (Michel Aebischer)
76'  Breel Embolo (Haris Seferovic)
86'  Silvan Widmer (Fabian Frei)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика