So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  8 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

JCH-2022. Avstraliya Daniyani mag'lub etib, pley-offga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Avstraliya Daniyani mag'lub etib, pley-offga yo'l oldi

Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Avstraliya - Daniya uchrashuvi yakunlandi.

Avstraliya — Daniya 1:0

Gol: 1:0 – 60 Lekki.

Avstraliya – Rayan, Degenek, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri (Rayt, 74), Lekki (Xrustich, 89), Dyuk (Maklaren, 82), Gudvin (Bakkus, 46).

Daniya – SHmeyxel, Kristensen (Ba, 46), Kristensen, Andersen, Mele (Kornelius, 70), Eriksen, Xeyberg, Yensen (Damsgor, 59), Lindstrem, Breytueyt (Dolberg, 59), Olsen (Skov, 69).

Ogohlantirishlar: Bexich (4), Degenek (57), Skov (75).


MATNLI TRANSLCIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! AVSTRALIYA NIMCHORAK FINALDA!

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Daniyaliklarning hujumlariga yakuniga etmay qolmoqda, evropaliklar bu borada muammolarga duch kelmoqda.

82. Daniyalik futbolchining zarbasiga raqib azolari qalqon bo'ldi. 

41232 muxlis stadionga tashrif buyuribdi.

75. Skov raqibining aldashiga yo'l qo'ymagani uchun ogohlantirildi.

73. Korneliusning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

71. Hakam Avstraliya darvozasiga penalti belgiladi, biroq yon hakam ofsayd qayd etib, golni bekor qilinishiga sababchi bo'ldi.

69. Eriksen burchak zarbasi asalga oshirdi, Andersenning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

65. Daniyaliklar burchak zarbasi amalga oshirdi, ammo vaziyat bartaraf etildi.

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Lekki qarshi hujum natijasida daniyaliklarni jazoladi!

Lekkining gol nishonlashi Tolibjon Qosimov suratlarida


57. Degenek raqibiga nisbatan ayovziz harakatlar amalga oshirgani sababli sariq kartochka bilan jazolandi.

52. Daniyalik futbolchining chap qanotdan ichkariga uzatmasi bo'ydor himoyachilar tomonidan qaytarildi, mudoffalanish chog'ida avstraliyalik futbolchi biroz shikastlangan ko'rinadi.

47. Avstraliyaliklar burchak zarbasi amalga oshirdi, ketma-ket ikki zarba qaytarildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

39. Daniyalik himoyachining xatosidan so'ng raqiblari tekin sovg'a sohibi bo'lgisi kelmadi.

34. Ikkala jamoa azolari hujum ketma-ket ravishda hujum chog'ida oddiy xatoga yo'l qo'ydi.

30. Eriksen raqib posboning "shpagat"ini tekshirib ko'rmoqchi bo'ldi, biroq uning zarbasi o'xshamadi.

27. Avstraliyalik futbolchining bosh bilan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroq uning tezligi havas qilgulik darajada emasdi.

25. Olsen maydonda yaxshi bo'liq topdi, biroq uning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

21. Daniyaliklar tashabbusni qo'lga oldi. Biroq hujumlar hozircha naf bermayapti. 

17. Daniyalik futbolchining o'ng qanotdan uzatmasiga sheriklar ulgurmadi, biroq narigi qanotda aynan evropaliklarga nisbatan qoida buzildi.

11. Olsen Rayan qo'lqoplarining terlashiga sababchi bo'ldi. Burchak zarbasi.

9. Daniyalik futbolchi hujumda qo'pollik ishlatdi. Avstraliyalik qanot futbolchisining chap qanotdan uzatmasiga esa sherigi kenguru balandligida sakrashi talab etilardi.

Eriksen: "Yigitlar, Tolibjon Qosimovning kamerasiga qaraymiz".

4. Bexich dastlabki qo'pollikdayoq o'yin boshida ogohlantirildi.

3. Avstraliyaliklar ilk xavfli hujumni sodir etdi, ammo zarba yo'liga Andersen to'g'anoq bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Championat.asia sayti xodimi Tolibjon Qosimov ayni damda mazkur o'yinni yoritishda mehnat qilmoqda.

JCH-2022. Pley-off bosqichiga ikkinchi yo'llanmani taqdim etishi kutilayotgan Avstraliya — Daniya uchrashuvi prevyusi

Uchrashuv 20.00 da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика