So’nggi yangiliklar

19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  0 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  0 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  3 18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:2 (Матнли трансляция)  70 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  23 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  13 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  43

JCH-2022. Angliya va AQSH o'rtasidagi nursiz o'yinda nursiz hisob qayd etildi Yangiliklar

JCH-2022. Angliya va AQSH o'rtasidagi nursiz o'yinda nursiz hisob qayd etildi

Teglar :  JCH-2022AngliyaAQSH
Jahon chempionati ikkinchi turidan o'rin olgan Angliya va AQSH terma jamoalari o'rtasidagi o'yin tugadi.

Angliya – AQSH 0:0 

25 noyabr, 23.59, stadion «Al-Bayt»

Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr, Stounz, SHou, Rays, Maunt, Saka, Bellingem, Keyn, Sterling.

SSHA – Terner, Dest, Rim, Cimmerman, Robinson, Adams, Makkenni, Musa, Pulishich, Rayt, Vea.


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+3. Keyning zarbasi noaniq.

90+1. Maguayrning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

87. Reshfordning kuchsiz zarbasini darvozabon ushlab oldi

86. Inglizlar durangga rozidek harakat qilishmoqda. Ular hujum qilishni istashmayapti

83. O'zgarish: Sardjent va Reyna maydonga tushdi. Ular Vea va Raytni alishtirdi



78. O'zgarish: Sakaning o'rniga Reshford maydonga tushdi

77. O'zgarish: Uchrashuvning faol o'yinchilaridan biri bo'ligan Ueston Makkenni va Serjino Dest maydoni tark etdi. Ularning o'rniga Brenden Aaronson va SHakil Mur maydonga tushdi

Uchrashuvni bevosita stadiondan 68463 nafar muxlis kuzatib bormoqda

72. Ingilizlarga shu bola etishmayapgandek. MYU yulduzini tushirish vaqti keldi


 

68. O'zgarishlar: Sterling va Bellingem maydoni tark etdi, ularning o'rniga Henderson va Grilish maydonga tushdi

66. Ingilizlarga o'zgarishlar kerak. Grilish maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda

63. Ingilizlar maydon markaziydan o'ta olishmayapti...


61. AQshliklar ikkinchi bo'limda hujumlarni to'xtamayapti, hozircha evropaliklar yaxshi himoyalanishmoqda

59. Pulishichdan navbatdagi zarba va to'p himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi. Orada Pikford asabishlashmoqda

58. Ueston Makkennidan navbatdagi uzatma, bu safar ham ingliz himoyachilari qiyinchilik bilan himoyalinishmoqda.

49. Ueston Makkennining zarbasiga aniqlik etishmadi


Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi

45+1. Meyson Mauntning ajoyib zarbasini Terner qaytarmoqda

Hakam birinchi bo'limga kutilmaganda bir daqiqa qo'shib berdi


45. Nihoyat Angliya termasida hujum. SHouning uzatmasini Saka golga aylantira olmadi

43. Inglizlar nimalar qilmoqda. Ustunlik to'liq AQSHga o'tib ketdi, qanotdan uzatilgan to'pni kichik bo'ychi Kristian Pulishich yutib chiqib, boshi bilan zarba yo'lladi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi

41. Dest ancha masofani bosib o'tdi va zarba yo'lladi, to'p Maguayrga tegib, burchakka chiqib ketdi



39. AQSHda navbatdagi imkoniyat. Okean orti vakillarining burchakdan oshirib bergan to'plarini inglizlar qaytarishmoqda

33. AQSH gol urishiga juda yaqin kelmoqda. Kristian Pulishichning yo'llagan zarbasi to'sinni titratmoqda

29. Yunus Musaning uzoqdan yo'llagan zarbasi Raysga tegdi va to'g'ri darvozaboning qo'liga bordi

26. Ueston Makkennida ajoyib imkoniyat bor edi, biroq AQSH terma jamoasining yarim himoyachiga ozgina omad etishmadi. Angliya terma jamoasining markaziy himoyasida muammolar borligi ko'riinib bormoqda

(Photo by Tolibjon Qosimov special for championat.asia)

17. AQSHdan ilk zarba. Xadji Raytning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi



11. Maguayr himoyadan ko'ra hujumda yaxshiroq harakat qiladigan ko'rinadi. U bir nechta raqibdan o'tdi va uzatma qildi, biroq jamoadoshlari bu imkoniyatdan foydalana olmadi

10. Uchrashuvdagi ilk xavfli hujum. Saka va Bellingem Keynga yaxshi imkoniyat yaratib berishdi, biroq inglizlar sardorining zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi





UCHRASHUV BOSHLANDI!

England

World Cup Grp. B . 2-tur

26/11/2022, 00:00

0
:
0
Tugadi

USA

Stadion: Al Bayt Stadium, 68463 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Valenzuela

45'
90'
68'  Raheem Sterling (Jack Grealish)
68'  Jude Bellingham (Jordan Henderson)
78'  Bukayo Saka (Marcus Rashford)
77'  Weston McKennie (Brenden Aaronson)
78'  Sergino Dest (Shaq Moore)
83'  Timothy Weah (Giovanni Reyna)
83'  Haji Wright (Joshua Sargent)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика