So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  14 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

JCH-2018ning eng omadsiz o'yinchilari Yangiliklar

JCH-2018ning eng omadsiz o'yinchilari

Teglar :  JCH-2018
Kuni-kecha etiboringizga JCH-2018 guruh bosqichining eng omadli futbolchilari ramziy terma jamoasini taqdim etgandik.

Bugun aksincha, Jahon CHempionatining ortda qolgan qismida ishonchni oqlay olmaganlar, omadsizlar termasi bilan tanishtirib chiqamiz.


Manuel Noyer, Germaniya

Bir yil mobaynida davolandi va chempionat boshlanguncha sog'ayib, safga qaytdi. Lekin u bunday ahvolda ishtirok etganidan ko'ra, zaxirada qolgani maqsadga muvofiq bo'lardi. Meksika bilan uchrashuvda yaqin burchakdan berilgan zarbani qaytarolmadi. SHveciya bilan uchrashuvda ham u ishonchli o'yin ko'rsata olmadi. Janubiy Koreyaga qarshi bahsda esa ahmoqlik qildi, butkul aqlini yo'qotib qo'ydi va raqib bo'sh darvozaga gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Yozua Kimmix, Germaniya

Kimmix hujumda faol harakatlanib, raqib jarima maydonida qulay imkoniyat yaratishga harakat qildi. Ammo, buning uddasidan chiqolmadi. U tufayli birinchi turda Germaniya termasida o'ng qanot asosiy muammolardan biri bo'ldi. Afsuski, u keyingi o'yinlarda ham kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi va ishonchni oqlay olmadi.        


Jerom Boateng, Germaniya

Germaniya terma jamoasining o'yin uslubi raqibga qarshi hujumlarida ko'plab ochiq zonalarni taqdim etardi va bu borada “Bavariya” markaziy himoyachisiga kishining rahmi kelmay iloj yo'q. Boateng bularning barini oldini olishga harakat qildi. Ammo, Meksika bilan o'yinda ham jamoadoshlari xatolarini “yopib” ketishda va so'nggi himoyachi rolini qoyilmaqom darajada ijro etolmadi. SHveciya bilan o'tgan bahsda esa qizil kartochka olib, turnirni muddatidan oldin yakunladi.

Jerar Pike, Ispaniya

Pike bu safar kutilganidan ancha past darajadagi o'yin ko'rsatdi. Raqiblari undan bir necha bor oyog'i ostidagi to'pni olib o'tib ketishdi. Hozirda Ispaniya termasining zaif tomonlaridan biri Jerar Pike hisoblanadi. Lekin ispanlar musobaqadagi yurishlarini davom ettirishmoqda va buyog'iga nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.  


Xaver Maskerano, Argentina

O'zining jarima maydonida raqibga qarshi o'yinda qoidani buzgani uchun Nigeriya terma jamoasi penaltidan gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi. Etiborlisi, birgina shu xato tufayli Argentina turnirdan chiqib ketishiga bir bahya qolgandi. SHu sababli, Maskerano pley-offda bu xatoni takrorlamasligi lozim. Zero, musobaqada qolgan jamoalar xatolarni kechirib o'tirmaydilar.

Karlos Sanches, Kolumbiya

Karlos Yaponiya bilan  o'tgan bahsda (1:0) jamoasiga pand berdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida o'z jarima maydonida raqibining zarbasini qo'li bilan qaytargani uchun hakam uni maydondan chetlatdi va raqib 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni ochdi. To'g'ri, futbolchi raqib gol urmasligi uchun chinakamiga qo'lidan kelgan barchasini amalga oshirdi, ammo 3-daqiqada sheriklarini bir kishi kam qoldirish... Ustiga-ustak, Sanches maqsadiga ham eta olmadi, “samuraylar” penaltidan baribir o'sha golni urishdi.

Mesut O'zil, Germaniya

Umuman olganda, Germaniyaning barcha o'yinchilarini bugungi ro'yxatimizga qo'shish mumkin. Lekin, ayniqsa O'zil maqsadsiz, qandaydir tushunarsiz, rejasiz o'yini bilan omadsiz futbolchilar qatoridan o'rin egalladi. Qiziq, Meksikaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng, Yoaxim Lev avvaliga O'zilga biroz dam bergan bo'lsa-da, Janubiy Koreya bilan o'tgan hal qiluvchi uchrashuvda uni yana maydonga tushurdi. Natija esa o'zingizga yaxshi malum.        

Anxel Di Mariya, Argentina

Islandiya bilan bahsda Di Mariya shunchalik yomon o'ynaganidan, Xorxe Sampaoli ikkinchi o'yinda “PSJ” yulduzini zaxiradan ham tushirmaslikka qaror qildi. O'zil bilan bo'lgani kabi, uchinchi uchrashuvda Di Mariya ham asosiy tarkibga qaytarildi. Ammo, yana o'zini ijobiy tomonlama ko'rsata olmadi. Aynan Anxel maydonni tark etganidan so'ng, jamoa hal qiluvchi golni urishga muvaffaq bo'ldi.

Tomas Myuller, Germaniya

Turnir boshida JCH-2018ga kelgan eng yaxshi futbolchilar orasida bo'lgan Myuller mundialni juda omadsiz tarzda o'tkazdi. Tomas maydonning u boshidan bu boshiga shunchaki “borib keldi”, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Hal qiluvchi o'yinning hal qiluvchi daqiqalarida esa uning jamoaga foydasidan ko'ra, zarari ko'proq bo'ldi.  

Lionel Messi, Argentina

Turnirdagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, guruh bosqichida juda zaif ishtirok etdi. Messi islandiyaliklar darvozasiga penaltidan gol urolmadi, 90 daqiqa davomida esa xorvatlar zarbalariga arang dosh berdi. Aynan Leo Argentinani guruhdan olib chiqdi deganlar ham yo'q emas, ammo tan olaylik, Messi biz kutgan o'yinni ko'rsata olmayapti. P.S: Hozircha! Lekin ana shu ahvolda ham Argentina guruhdan chiqa olganining o'zi bir mo'jiza!


Robert Levandovski, Polsha

Ko'pchilik Polsha hech bo'lmasa guruhdan chiqishini kutgan bo'lsa, uning hujumchisidan “Bavariya”da ko'rsatadigan kuchli va samarali o'yinni namoyish etishiga umid bog'lashgandi. Ammo, na unisi, na bunisi amalga oshdi. Levandovski “gol+pas” tizimida “0+0” ochko to'pladi va musobaqa davomida darvozaga bor yo'g'i 3ta aniq zarba yo'lladi. 


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика