So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

JCH-2018. Zerikarli o'yinda Yaponiya Polshaga yutqazdi Yangiliklar

JCH-2018. Zerikarli o'yinda Yaponiya Polshaga yutqazdi

Teglar :  JCH-2018
Yaponiya hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi yakunlandi.

Yaponiya - Polsha 0:1

Gol: Bednarek 59.

Yaponiya: 1.Eyji Kavashima, 5.Yuto Nagatomo, 19.Xiroki Sakai, 20.Tomoaki Makino, 21.Gotoku Sakai, 22.Maya Yoshida, 7.Gaku SHibasaki, 11.Takashi Usami (Inui 65), 16.Xotaru Yamaguchi, 9.Sinzi Okazaki (Osako 47), 13.Yoshinori Muto (Xasebe 82).

Polsha: 22.Lukash Fabianski, 3.Artur Edjeychik, 5.Yan Bednarek, 15.Kamil Glik, 18.Bartosh Berezinski, 6.Yachek Goralski, 10.Gjegoj Krixovyak, 11.Kamil Grosicki, 19.Pyotr Zelinski (Teodorchik 79), 21.Rafal Kurzava (Peshko 79), 9.Robert Levandovski.

Ogohlantirishlar: Makino 66.

Gollarni bu erda ko'rishingiz mumkin: TELEGRAM

Japan

World Cup Grp. H . 3-tur

28/06/2018, 20:00

1
:
0
Tugadi

Poland

Jan Bednarek - 59'

Stadion: Volgograd Arena, 42189 tomoshabin

Bosh hakam: Janny Sikazwe

45'
90'
47'  Shinji Okazaki (Yuya Osako)
65'  Takashi Usami (Takashi Inui)
66'  Tomoaki Makino
82'  Yoshinori Muto (Makoto Hasebe)
59'  Jan Bednarek
59'  Rafal Kurzawa
79'  Piotr Zielinski (Lukasz Teodorczyk)
79'  Rafal Kurzawa (Slawomir Peszko)



BAHS YAKUNLANDI! YAPONIYA KEYINGI BOSQICHDA!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Yaponiyaliklar hujumga o'tmayapti va iloji boricha qoida buzmaslikka harakat qilmoqda.

85. Onlayn jadval:

 1) Kolumbiya - 6 ochko
 2) Yaponiya - 4 ochko
 3) Senegal - 4 ochko
 4) Polo'a - 3 ochko

Sariq kartochkalar ko'pligi tufayli Senegal 3 o'rinda.


82. O'zgarish. Muto o'rniga Makoto Xasebe o'yinga qo'shildi

81. MAKINOOOO! Tomoaki Makino o'z darvozasiga gol urib qo'yishi mumkin edi, ammo Kavashima to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

79. O'zgarish. Kurzava o'rniga Peshko, Zelinski o'rniga Teodorchik maydonga tushdi.

78. Parallel ravishda o'tayotgan bahsda hisob ochildi. Yerri Mina Senegal darvozasini ishg'ol qildi.

74. LEVANDOVSKIIII! Grosicki qarshi hujumda to'pni darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqayotgan "Bavariya" hujumchisiga uzatdi, Levandovski esa to'pni to'xtatmay darvozaga zarba berdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

66. Sariq kartochka. Makino ogohlantirildi.

65. Onlayn jadval:

 1) Senegal - 5 ochko
 2) Kolumbiya - 4 ochko
 3) Yaponiya - 4 ochko
 4) Polsha - 3 ochko

62. Muxlislar telefoniga qarab Senegal - Kolumbiya uchrashuvidagi hisobni kuzatishmoqda.

59. GOOOOOOL!!! Polsha standart vaziyatdan so'ng hisobni ochdi. Kurzava to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Yan Bednarek esa oyog'i bilan to'pga zarba berib, hisobni ochdi.

57. Yaponiya so'nggi daqiqalarda Polsha darvozasi oldida xavfli vaziyatlar vujudga keltirmoqda, ammo hozircha ulardan unumli foydalana olishmayapti

54. Zelinski va Grosicki qarshi hujumga o'tishdi. Grosickining uzatmasi biroz kuchliroq chiqdi, aks xolda Zelinski darvozabon bilan birga-bir chiqib ketishi mumkin edi.

52. Muxlislar va teletomoshabinlar biroz zerikib qolishdi. Jamoalar tomoshabop o'yin namoyish etishmayapti.

47. O'zgarish. Sinzi Okazaki o'rniga Yuya Osako maydonga tushdi.

46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

45.Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

37.Zelinski Levandovski bilan qarshi hujumga o'tishdi, ammo Petrning Robertga uzatmasini yaponiyalik himoyachi qaytarib yubordi.

35. Yaponlardan javob hujumi xavfli ko'rinish oldi. Usami jarima maydonchasining burchagidan Fabianski darvozasiga zarba berdi, burchak o'tkir bo'lganligi tufayli Lukash to'pni qaytarishda qiynalmadi.

32.ZARBAAAAA!! Grosicki jamoadoshining uzatmasini boshi bilan darvozaga burdi, Kavashima esa katta qiyinchilik bilan o'z jamoasini goldan qutqardi. Qoyil! Golni aniqlash texnologiyasi ko'rsatishicha to'p chiziqni to'liq kesib o'tmagan ekan.

25. Hozircha ushbu o'yin bilan parallel ravishda o'tayotgan Senegal - Kolumbiya bahsida ham hisob ochilgani yo'q.

21.ZARBAA! Glik burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'naltirdi, ammo bu ishni qoidabuzarlik bilan amalga oshirdi va hakam xushtagini chaldi.

20. Muto jamoadoshining uzatgan to'pini o'ziga to'g'irlashda xatoga yo'l qo'ydi, aks xolda Fabianski yana ishga kirishishiga to'g'ri kelar edi.

16. Yaponlar 16 daqiqa ichida 3 marta Polsha darvozasiga zarba berdi. Ularning 2tasi aniq. Muto va Sakailarning zarbalarini Fabianski qaytardi.

12. Polshaliklar o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqibga topshirishdi, osiyoliklar esa vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.

8. Hozircha jamoalar bir-birini o'rganish bilan band. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. Tarkiblar biroz tepada.


- Ayni damda guruhdagi holat quyidagicha:

 1) Yaponiya - 4 ochko

 2) Senegal - 4 ochko

 3) Kolumbiya - 3 ochko

 4) Polsha - 0 ochko


- Yaponiya hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur o'yinini birga kuzatib boramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика