So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

JCH-2018. Urugvay Rossiyani taslim etdi va guruhda birinchi bo'ldi Yangiliklar

JCH-2018. Urugvay Rossiyani taslim etdi va guruhda birinchi bo'ldi

Bugun JCH-2018da 3-tur bellashuvlariga start berildi.

"A" guruhida Urugvay hamda Rossiya terma jamoalari guruh g'olibini aniqlash uchun o'zaro bellashdilar. Uchrashuvda Urugvay yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi va birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi.

Uruguay

Luis Suarez - 10', Denis Cheryshev - 23', Edinson Cavani - 90'

World Cup Grp. A . 3-tur

25/06/2018, 19:00

0
:
3
Tugadi

Russia

Stadion: Cosmos Arena, 41970 tomoshabin

Bosh hakam: Malang Diedhiou

45'
90'
10'  Luis Suarez
23'  Denis Cheryshev
59'  Rodrigo Bentancur
63'  Rodrigo Bentancur (Giorgian De Arrascaeta)
73'  Nahitan Nandez (Cristian Rodriguez)
90'  Edinson Cavani
90'  Edinson Cavani (Maximiliano Gomez)
9'  Yuri Gazinskiy
27'  Igor Smolnikov
36'  Igor Smolnikov
38'  Denis Cheryshev (Mario Fernandes)
46'  Yuri Gazinskiy (Daler Kuzyaev)
60'  Aleksey Miranchuk (Fedor Smolov)


JCH-2018
"A"
guruhi, 3-tur
"Samara Arena"
Urugvay - Rossiya 3:0
Bosh hakam:
Malang Dediu
Gollar: L.Suares 10, D.Laksalt 23, E.Kavani 90

Urugvay: 1.Fernando Muslera, 22.Martin Kaseres, 17.Diego Laksalt, 3.Diego Godin, 19.Sebastyan Koates, 8.Naitan Nandes (7.Kristian Rodriges, 73), 15.Matias Vesino, 14.Lukas Torreyra, 6.Rodrigo Bentankur (10.Jorjian De Arraskaeta, 63), 21.Edinson Kavani (18.Maksimiliano Gomez, 90+4), 9.Luis Suares.

Rossiya: 1.Igor Akinfeev, 4.Sergey Ignashevich, 3.Ilya Kutepov, 23.Igor Smolnikov, 13.Fyodor Kudryashov, 8.Yuriy Gazinskiy (7.Daler Kuzyaev, 46), 11.Roman Zobnin, 15.Aleksey Miranchuk (10.Fyodor Smolov, 60), 19.Aleksandr Samedov, 6.Denis CHerishev (2.Mario Fernandes, 38), 22.Artyom Dzyuba.

Ogohlantirishlar: R.Bentankur 59 - YU.Gazinskiy 9, I.Smolnikov 28
CHetlatish: I.Smolnikov 36


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Urugvay ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi va guruhda birinchi bo'ldi.

90 - Gooooooollllll, Kavani hisobni yiriklashtirdi. Avvaliga Godinning bosh bilan zarbasini Akinfeev qaytardi, qaytgan to'pni esa Edinson darvozaga yo'lladi.

90 - Zarbaaa, Akinfeev qutqardi. Rodrigesning super zarbasini Igor qaytardi, barakalla.

87 - De Arreskaeta to'pni burchakdan to'g'ri Akinfeev darvozasiga yo'lladi, Igor o'z o'rnida.

85 - Xavfli vaziyat, Smolov Torreyrani erga dumalatib ortda qoldirdi va Dzyubaga pas berdi, Muslera to'p Aryomgacha o'tishiga yo'l qo'ymadi.

82 - Zarbaaa, Zaxiradan tushgan Rodrigesning kuchli zarbasini Akinfeev qaytardi.

80 - Kutepov to'g'ri Kavaniga pas berdi, tezkor qarshi hujumda esa Suares to'pni qizg'anmadi va Edinsonga oshirdi, PSJ hujumchisi to'pga eta olmadi.

74 - Urugvay kutilmagan to'pni oldirib qo'ydi, Dzyuba esa qulay vaziyatda to'pni ancha noaniq tepdi.


Rus futbolchilarining bugungi holati.


59 - Urugvay o'yin tizginini o'z qo'liga olib bo'lgan.

52 - Aleksandr Samedov jarima zarbasini juda ham noaniq amalga oshirdi, ikkinchi marta huddi shunday holat kuzatildi. Sashaga nima bo'ldi bugun?

47 - Kavanining jarimadan tepgan to'pini jonli devor qaytardi.

Ikkinchi bo'limga start berildi. CHerchesov bo'lim avvalida o'zgarish amalga oshirdi, Yuriy Gazinskiy o'rniga maydonga Daler Kuzyaev tushdi.

Birinchi bo'limga yakun yasaldi. Voqealarga boy bo'lgan birinchi bo'limda Suares etakchiligidagi Urugvay ishonchli g'alabaga erishmoqda.

38 - CHerchesov darhol CHerishev o'rniga Mario Fernandesni maydonga tushirdi. Ruslar buyog'iga imkon qadar ko'p gol o'tkazmaslik uchun harakat qilishadi.

36 - Ana xolos! Rossiya bir kishi kam bo'lib qoldi. Igor Smolnikov ikkinchi sariq va ketidan qizil kartochkani qabul qilib oldi.

Bu orada guruhning ikkinchi o'yinida hisob ochildi, Muhammad Salah to'pni darvozabonning ustidan oshirib gol urdi.

28 - Zarbaaa, Suares birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Akinfeev amalladi.

23 - Gooooooolllllll, Laksaltning zarbasi yo'l-yo'lakay Denis CHerishevning oyog'iga tegdi va yo'nalishini o'zgartirib Akinfeev darvozasidan joy oldi. Gol Laksalt hisobiga yozildi.

Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH



Suaresning zarbasi.


17 - Zarbaaa, Artyom Dzyubaning bosh bilan bergan zarbasi erga bir sakrab darvoza ustudan o'tib ketdi.

12 - Zarbaaa, CHerishev hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Lekin, Dzyuba etkazib bergan to'pni Denis to'ppa-to'g'ri Musleraning qo'liga tepdi. Jamoalar ochiq futbol taklif qilishmoqda.

10 - Goooooooollllllll, Luis Suares jarimadan hisobni ochdi. Akinfeev o'zidan o'ngroqqa harakatni boshlab bo'lgan bir pallada Suares to'pni erlatib Igorning chap tomoniga yo'naltirdi. Aqlli zarba va gol.

9 - Yuriy Gazinskiy Rodrigo Bentankurga nisbatan juda ham xavfli nuqtada o'yin qoidasini buzdi va ruslar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

8 - Dzyuba va CHerishev tezkor qarshi hujumga o'tishga urinishdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.


Bu esa Rossiya terma jamoasi muxlisasi.


Urugvay terma jamoasi muxlisasi.


3 - Kutepov Kavaniga nisbatan qo'pol o'ynadi.

Uchrashuvga start berildi.

- Bugun Urugvay moviy, Rossiya esa oq rangli libosda to'p tepadi.

- Assalom alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Mana ko'z ochib yumguncha JCH-2018ning 3-turiga ham etib keldik. Bugun "A" va "B" guruhlarida so'nggi tur bellashuvlari o'tkaziladi. "A" guruhida Urugvay va Rossiya terma jamoalari guruh g'olibini aniqlab olish uchun kurash olib borishadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика