So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

JCH-2018. Salom Rossiya, salom Samara! Yangiliklar

JCH-2018. Salom Rossiya, salom Samara!

Bir necha kun avval “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari va men Jahongir Sotvoldiev Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatiga borish uchun avtomobilda safarga chiqqan edik.

Bir necha kun oldin Qozog'istonning Aktobe shahridan Rossiyaning Orenburg shahri tomon yo'lga chiqdik. Orenburg shahriga kechga yaqin etib keldik. Bizni safarimizdan xabar topgan bir necha vatandoshlarimiz kutib olishdi. Do'stona tushlikdan so'ng Samara shahri sari safarimizni davom etdirdik. Ushbu shaharga tashrif buyurishingiz bilan jahon chempionati shukuhiga kirib qolganingizni bilmay qolasiz. Eng asosiysi, bu erda sayyohlar uchun barcha sharoitlar tayyorlab qo'yilgan. SHaharning har bir ko'chasida  volontyorlar mehmonlar uchun beminnat xizmat ko'rsatishmoqda. 

Samara shahrida futbol muxlislari uchun ajratilgan maxsus “FAN ZONE” hududida sayohat qildik. Bu erda futbol muxlislari uchun barcha narsa shay. Ushbu xududga har tomonlama kirish mumkin. SHaharga kirib kelishimizda bizni bir narsa juda ham quvontirdi. Samaraning har bir burchagida O'zbekistondan tashrif buyurgan futbol muxlislarini uchratishiimiz mumkin. Ularning barchasining qo'llarida bayrog'imizni ko'rish mumkin. Biz ular bilan muloqot qilishga muvaffaq bo'ldik. Yaxshisi 10 martda eshitgndan ko'ra 1 martta ko'rgan maqul, deya siz azizlarga quyida fotogalereyalarnii taqdim etamiz.


Orenburg shahridagi o'zbekistonlik futbol muxlislari bilan birga


Rossiyaning Samara shahriga kirib keldik


FIFA FAN FEST - Muxlislar uchun ajratilgan maxsus xudud



"Krilya Sovetov" va Mirjalol Qosimovning ashaddiy muxlisi bilan birga


FIFAning rasmiy do'koni

Braziliya terma jamoasining ashaddiy muxlislari bilan birga


Jahon chempionati o'yinlarini turli yoshdagi muxlis va muxlisalar katta qiziqish bilan tomosha qilishmoqda


Futbol yosh, joy va millat tanlamaydi!!!


Birinchi kosmonavt Yuriy Gagarinni fazoga olib chiqqan "Soyuz" kosmik kemasi!!!


Eslatib o'tamiz, bugun Samarada "H" guruhidan o'rin olgan Kolubiya - Senegal o'yini bo'lib bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.


SOTVOLDIEV Jahongir Samara shahridan maxsus

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика