So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  6 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  2 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

JCH-2018 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari Yangiliklar

JCH-2018 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari

Teglar :  JCH-2018
SHanba kuni JCH-2018 pley-off bosqichi start oladi.

Bugun etiboringizga guruh bosqichida o'zini ko'rsata olgan omadlilar ramziy termasini taqdim etamiz.  

Kasper SHmayxel, Daniya

Otasining ishini davom ettirib kelayotgan Kasper uchta o'yinda bitta gol — avstraliyaliklarning penaltidan urgan zarbasini o'tkazib yubordi, xolos. Birinchi turda, Peruga qarshi uchrashuvda juda yaxshi o'ynadi. Franciya bilan bo'lgan bahsda esa ular gol urishlariga imkon bermadi. Hattoki, Fekir tomonidan yo'llangan juda xavfli zarbani ham qaytara oldi. Hozirda uning hisobida 13ta seyv bor.

Diego Godin, Urugvay

Godin uchta o'yinni ham ajoyib tarzda yakunladi va bitta ham gol o'tkazmaslikda jamoasiga yordam berdi. Ayniqsa, Rossiya termasiga qarshi bahsda yaxshi ishtirok etdi. O'yin so'nggida esa uchinchi golga hammualliflik qiddi.  

Jon Stouns, Angliya

Bu erda markaziy himoyachi nafaqat ishonchli harakatlari, balki ko'p gol urishi bilan ham maqtanishi mumkin. Panamaga qarshi o'yinda dubl qilgan. Bundan tashqari, aynan uning kuchli zarbasini darvozabon qaytarganidan so'ng, Keyn gol urgan.

Andreas Grankvist, SHveciya

U haqiqiy sardor. Himoyani mustahkamladi va qiyin vaziyatlarda sheriklarini ortidan ergashtirib, ularni bu holatdan olib chiqib ketdi. Penaltidan 2 martta gol urdi. Uning jamoasi Janubiy Koreya bilan bo'lgan o'yinda g'alaba qozondi. SHveciyaliklar Meksika termasi bilan o'tgan uchrashuvda 3 marotaba gol urib, yana bir zafar quchishdi. 

Luka Modrich, Xorvatiya

Xorvatiyaning ajoyib sardori Luka Modrich markazdan turib jamoani boshqardi va ajoyib uzatmalar berdi. Birinchi o'yinda nigeriyaliklar darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, ikkinchi — Argentinaga qarshi bahsda ajoyib goli bilan eng yaxshi o'yinchilardan biri ekanini isbotladi.

Eden Azar, Belgiya

Balki, Azar hozircha jiddiy raqib va top-himoyachilar bilan to'qnash kelmagandir. Ammo, “CHelsi” yarim himoyachisi o'z ishini alo darajada bajarganini inkor etolmaymiz. Panama termasiga qarshi bahsda Lukakuga golli uzatma bergan bo'lsa, Tunis bilan bo'lgan uchrashuvda dubl qilishga erishdi. So'nggi turda esa xotirjam dam oldi va endi pley-off bahsiga tayyorlanmoqda.

Denis CHerishev, Rossiya

Fikrimizcha, bu yilgi mundialda ko'pchilik Denisni o'ziga qayta kashf qildi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda Alan Dzagoevning kutilmaganda orttirib olgan jarohati sabab maydonga tushgan Denis ikkita ajoyib gol urishga erishdi. Misr bilan o'tgan hal qiluvchi o'yinda yana bitta gol urgaidan so'ng, FIFA uni eng yaxshi yarim himoyachilar qatoriga qo'shib qo'ydi.  

Filippe Koutino, Braziliya

Koutino Neymarga qaraganda, ancha yaxshi va samarali harakatlanmoqda. U SHveycariyaga qarshi uchrashuvda ajoyib zarbasi bilan darvozaning «to'qqiz»ligini nishonga olib, hisobni ochdi. Kosta-Rika bilan bo'lgan bahsda ham raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Xarri Keyn, Angliya

Angliyalik super bombardir bu yil ilk marotaba Jahon CHempionatida qatnashmoqda. Angliya CHempionatida erishgan maqomiga xalqaro turnirda ham qayd etmoqda. Keyn Tunis darvozasini ikki marta, Panama darvozasini esa 3 marotaba ishg'ol qildi.

Krishtianu Ronaldu, Portugaliya

Guruh bosqichidagi Eronga qarshi o'yinga Ronalduga biroz omadsiz keldi. Ammo, avvalgi ikki bahsda u Portugaliyani «botqoq»dan olib chiqib keta oldi. Ayniqsa, Ispaniyaga qarshi uchrashuvda uning xet-triki tahsinga loyiq.    

Romelu Lukaku, Belgiya

Lukaku Panama va Tunis termalariga qarshi o'yinda raqib jamoa himoyasidan “yorib o'tib”, har bir o'yinda ikkitadan gol urishga erishdi. U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanini yana bir bor isbotlay oldi. Romelu to'purarlar poygasini ham unutib qo'yayotgani yo'q va nafaqat jamoaviy yutuq, balki shaxsiy natijasini ham yaxshilab qo'yish niyatida.  


Nozima Zaripova tarjima qildi


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика