So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

JCH-2018. Guruh bosqichidan so'ng: Afrikadan hech kim qolmadi Yangiliklar

JCH-2018. Guruh bosqichidan so'ng: Afrikadan hech kim qolmadi

14 iyun kuni start olgan jahon chempionatining guruh bahslariga yakun yasaldi.

Kecha bo'lib o'tgan to'rtta o'yindan so'ng 1/8 finalga chiqqan barcha jamoalar hamda keyingi bosqich juftliklari malum bo'ldi. SHunday qilib 32 jamoadan baxtli 16tasi kurashni davom ettiradi.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, UEFA (Evropa)dan 14ta jamoa JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Guruh o'yinlari yakuniga etgach, to'rtta jamoa mundial bilan xayrlashdi. Bular - Germaniya, Islandiya, Polsha va Serbiya. Muxlislar uchun ayniqsa amaldagi jahon chempioni Germaniyaning guruhdan chiqa olmagani kutilmagan voqea bo'ldi.

KONMEBOL (Janubiy Amerika)dan esa faqat bitta jamoa o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq tugatdi. Bu - Peru terma jamoasi. To'rtta jamoa esa 1/8 finalda o'ynaydi. Bular - Argentina, Braziliya, Urugvay va Kolumbiya.

OFKdan tarixda ilk marta beshta jamoa JCHda ishtirok etdi va faqatgina Yaponiya guruhdan chiqa oldi. Qolgan to'rt jamoa Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni shu bilan uyga qaytib ketishdi. Bu yil mundialda Afrikadan doimgidek besh jamoa qatnashdi. Lekin bu jamoalardan birortasi keyingi bosqichga chiqa olmadi. Misr, Marokash, Nigeriya, Senegal va Tunis - bularning hammasi mundialni tark etishdi.

Va nihoyat, KONKAKAFdan uchta jamoa qatnashdi va faqat Meksika guruhdan chiqa oldi. Panama va Kosta Rika esa musobaqa bilan xayrlashdi. Etibor bergan bo'lsangiz, faqat Afrika vakillaridan buyog'iga hech kim qolmadi.

Endi kurash yanada qiziydi. Buyog'iga yutqazgan jamoa uyiga qaytib ketaveradi. Ertadan nimchorak final bahslariga start beriladi. Quyida juftliklarni yana bir karra eslatib o'tamiz.    

30 iyun. 19:00. Franciya - Argentina
30 iyun. 23:00. Urugvay - Portugaliya

1 iyul. 19:00. Ispaniya - Rossiya
1 iyul. 23:00. Xorvatiya - Daniya

2 iyul. 19:00. Braziliya - Meksika
2 iyul. 23:00. Belgiya - Yaponiya

3 iyul. 19:00. SHveciya - SHveycariya
3 iyul. 23:00. Kolumbiya - Angliya

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика