So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

JCH-2018. Belgiya mundialda Rossiyaning natijasini takrorlagan ilk jamoa - yirik g'alaba! Yangiliklar

JCH-2018. Belgiya mundialda Rossiyaning natijasini takrorlagan ilk jamoa - yirik g'alaba!

Jahon chempionatining "G" guruhi 1-turidan o'rin olgan Belgiya - Panama uchrashuvi yakunlandi.

         YANGILASH


- Assalomu alaykum! Nihoyat ko'pchilik kutgan "G" guruhida ham 1-tur o'yinlariga start berilmoqda. Belgiya Sochida mundial debyutanti bo'lgan Panama bilan kuch sinashadi. Uchrashuvda favorit aniq. Lekin Rossiyada o'tayotgan mundial doim ham favoritlar g'olib bo'lmasligini ko'rsatmoqda. Ushbu bellashuvdan matnli onlayn translyaciyani etiboringizga havola etamiz.

O'yin soat 20:00da boshlanadi.

- Belgiya ustozi Roberto Martinez bugungi bahsda o'ta hujumkor taktikani tanlagan: 3-4-3. Panama bosh murabbiyi esa tabiiyki himoyaviy sxemani maqul ko'rmoqda: 4-5-1.

Panama yarim himoyachisi Godoyning maxsus "shitka"si

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Belgiya madhiyasi jaranglamoqda. Undan keyin esa Panama davlati madhiyasiga navbat beriladi.

Ajoyib kadr

Tanidingizmi, bu kim?

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

3. Panama o'yinni ancha agressiv boshlamoqda. Debyutant osonliksa taslim bo'lmoqchi emas.

4. Jarima zarbasini ishlab olgan Panama ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana olmadi. Belgiya endi o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.

6. Karraskoning ajoyib va kuchli zarbasini Penedo xotirjam ushlab oldi!

7. Penedodan ajoyib seyv! Mertensning kuchli zarbasini Penedo ajoyib seyvi orqali bartaraf etdi! Qoyil! Panama kiperi dastlabki daqiqalardanoq ishga kirishdi. Ishini esa hozircha alo darajada bajarmoqda!

8. Belgiya o'z statusiga monand tashabbusni o'z qo'liga oldi va hujumkorlikni namoyish etmoqda. Kisqa paslar va kombinacion o'yin orqali Panama himoyasi yorib o'tildi ikki marotaba. Ammo Penedo katta sahnaga chiqib o'zini ko'rsatdi.

Belgiya sardori va mudofaa chizig'i qurg'oni Vensan Kompani jarohati bois o'yinni zaxira o'rindig'ida tomosha qilmoqda

11. Panama sardori Roman Torres himoyada juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Azarga "sovg'a" qildi. Belgiyaning bugungi sardori Panama sardorini tuhfasidan unumli foydalana olmadi. Azar to'pni mo'ljalga yo'llashda adashdi.

14. Mene Rodrigesga nisbatan qo'pol o'yini tufayli ogohlantirildi.

17. Panama himoyaga yotib olmayapti. Kezi kelganda Belgiyaga kurash taklif etmoqda. Belgiya esa nisbatan xotirjam o'ynamoqda.

19. Hozircha Belgiyaning himoya chizig'i uchligi: Vertongen, Boyata va Alderveyreldga ko'p ham ish topilmayapti.

21. Belgiyadan hujumlar ketma-ketligi. De Bryuynening ajoyib uzatmasidan keyin Roman Torres xavfni bartaraf etdi. Aks holda Lukaku bo'sh darvozani ishg'ol etardi. Keyinchalik burchak zarbasidan esa belgiyaliklar unumli foydalana olishmadi.

24. To'p nazorati to'liqligicha Belgiyada. Panama esa ikkinchi raqamda, qarshi hujumlarga tayangan holda o'ynamoqda.

O'yinni ko'rib zerikib qolayotganlar uchun: VIDEO. Azizbek Haydarov o'zbek futboli haqida qo'rqmay, dangal gapirdi (treyler)

30. Belgiya raqib darvozasi qulfini echish uchun "kalit" qidirmoqda.

36. Azardan super zarba va Penedodan navbatdagi seyv! Qoyil Penedo!

Panama uchun "devor" vazifasini bajarayotgan - Penedo

41. De Bryuyne jarima zarbasidan Mertensga ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Mertens esa havodan kelayotgan to'pni erga tushirmasdan zarba berdi. Noaniq.

42. Panama ham imkon bo'lishi bilan hujumga o'tmoqda va uzoqdan bo'lsada raqib darvozasini "poylash"ga harakat qilmoqda.

43. Birinchi bo'lim yuqori tempda o'tmadi.

45. Birinchi taymda hisob ochilmadi. Tanaffus!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bugungi bahsni 43257 nafar muxlis stadionda tomosha qilishmoqda

47. GOLLLLLLLLLLLLLLLLL! YO'Q, SUPEROL!!!! DRIS MERTENS! Belgiyaning hujumi bir qarashda bartaraf etilgandi. Ammo raqib himoyachisining bosh bilan qaytarib yuborgan to'piga havoda ajoyib va kuchli zarba bergan Mertens darvozani yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 1:0. Supergol!

49. Panamaga endi oson bo'lmaydi.

52. De Bryuyne jarima zarbasidan gol urmoqchi bo'ldi. Ammo uning zarbasi kuchli, ammo noaniq chiqdi.

55. Panama!!!!! Murilo himoyachi bo'lishiga qaramasdan raqib jarima maydonchasi ichida qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo Kurtua qutqardi! Panama nafaqat Kurtuani, balki stadionga kelgan o'z muxlislarini ham "uyg'otib" yubordi.

57. Panama hujumkorlikni oshirdi. Boshqa chora ham yo'q. Buyog'iga Panama o'z omadini faqat Belgiya darvozasi oldidan qidirishi lozim.

61. Belgiya eng yaxshi himoya bu hujum iborasiga amal qilmoqda. Jamoa o'yin tizginini yana o'z qo'liga oldi. Ikkinchi golni urish uchun hujumga chog'lanmoqda. Panama esa yana vaqtni himoyalanish va raqibdan to'pni olishga sarflamoqda.

- Rossiyalik mashhur jurnalist, sharhlovchi Georgiy CHerdancev Belgiya manziliga, aniqrog'i bosh murabbiy Roberto Martinesga tosh otmoqda: "Qanday qilib bu qadar ko'plab istedodlar bilan futbol o'ynamaslik mumkin", deya kinoya bilan tvit yozmoqda.

66. De Bryuyne navbatdagi jarima zarbasini ko'kka sovurdi.

Dris Mertensning Jahon chempionatibop ajoyib golini ko'rolmagan uchun maxsus manzil -"CA" telegram kanali

69. GOLLLLLLLLLLLLLLLL! "Manchestercha" gol! "Siti" vakili uzatgan to'pga "Yunayted" hujumchisi "labbay" deya javob qaytardi! Lukaku! De Bryuynening uzatmasidan so'ng nihoyat Lukaku yaqin masofadan to'pni boshi darvozaga aniq yo'lladi - 2:0.

75. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! LUKAKU! ROMELU LUKAKU! Dubl! Bu safar "CHelsi" azosi Azar Lukakuni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va hujumchi o'z ishini alo darajada uddaladi - 3:0.

77. Panama endi taslim bo'ldi. Belgiya esa ancha engil tin oldi. Buyog'iga jamoalar o'yinni ancha xotirjam tugatib qo'yishadi. Barcha masala amalda hal etildi. Qolgan daqiqalar rasmiyatchilik.

- Guruhdagi narigi o'yinda Angliya ham Belgiya kabi ishonchli o'ynay oladimi?

82. O'yin tempi ancha tushib ketdi.

85. Panama hech bo'lmasa birgina gol urish uchun o'ynamoqda. Ammo Belgiya himoyasi mustahkam turibdi.

89. Panama hujumchisi Torres jarima zarbasidan Kurtuani sinab ko'rdi. Lekin Tibo o'z o'rnida ishonchli turibdi.

90. O'yin tugadi. Belgiyadan yirik g'alaba!

Belgium

Dries Mertens - 47', Romelu Lukaku - 69', Romelu Lukaku - 75'

World Cup Grp. G . 1-tur

18/06/2018, 20:00

0
:
3
Tugadi

Panama

Stadion: Fisht Olympic Stadium, 43257 tomoshabin

Bosh hakam: Janny Sikazwe

45'
90'
14'  Thomas Meunier
47'  Dries Mertens
59'  Jan Vertonghen
69'  Romelu Lukaku
69'  Kevin De Bruyne
74'  Yannick Carrasco (Mousa Dembele)
75'  Romelu Lukaku
75'  Eden Hazard
83'  Dries Mertens (Thorgan Hazard)
88'  Kevin De Bruyne
90'  Axel Witsel (Nacer Chadli)
18'  Eric Davis
45'  Yoel Barcenas
49'  Armando Cooper
51'  Michael Murillo
57'  Anibal Godoy
63'  Yoel Barcenas (Gabriel Torres)
63'  Jose Luis Rodriguez (Ismael Diaz)
73'  Blas Perez (Luis Tejada)


JCH-2018
18.06.2018, 20:00
"G" guruhi

Belgiya - Panama 3:0

"Fisht" stadioni.

Bosh hakam
: Janni Sikazve (Zambiya)

Gollar: Mertens (47), Lukaku (69, 75)

Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vitcel (SHadli, 90), Azar, Mertens (Azar, 83), Lukaku.

Panama – Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).

Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика