So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  34 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

JCH-2018. Barchani qayg'uga solgan noma… Yangiliklar

JCH-2018. Barchani qayg'uga solgan noma…

Teglar :  JCH-2018Frank Fabra
Jarohati tufayli JCHda ishtirok etolmaydigan o'yinchi hissiyotlari bilan bo'lishdi.

Kolumbiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Frank Fabra biroz vaqt oldin tizzasidan olgan jarohati tufayli Jahon CHempionatiga borolmasligini eshitganingiz aniq. Bundan tushkunlikka tushgan Frank instagramdagi shaxsiy sahifasi orqali quyidagi ichki kechinmalari bilan bo'lishdi:

“Bu Kolumbiyaning Nechi shahri ko'chalarida yalangoyoq yugirib yurgan bolakayning orzusi edi. Xuan Kuadrado va Xames Rodrigesning o'yinlari, David Ospinaning seyvlari, Abel Agilar va Karlos Sanchesning maydon markazidagi harakatlari, o'tgan Jahon CHempionatida Zuniga, Santyago Aryasa va Pablo Armeroning paslaridan hayratlangan va tanasi junbushga kelgan bolakay shu turnirning bir bo'lagi bo'lishni orzu qilardi.

Men bu uchun qattiq kurashdim, o'z ustimda tinimsiz ishladim, eng yaxshi o'yinchi bo'lishga intildim. Hozir esa yuragim mayda-mayda bo'laklarga bo'linib ketdi. Orzularim tomon etaklaydigan eshik oldida turibman. Biroq, unga yaqin borolmayapman. Bu juda og'ir.

Lekin ishonchim so'nmadi. Yaratgan egamga bo'lgan kuchli ishonchim. U meni baxtli va mag'rur qila oldi. Demak, buyog'iga ham o'zi menga kuch ato etadi. Men bu vaziyatdan chiqolaman. Bunga Radamel Falkao yorqin misol bo'la oladi. Ular buni epladi. U holda men ham buning uddasidan chiqolaman.

Oila azolarim, sevgan qizim, do'stlarim va terma jamoadagi hamkasblarimga tashakkur. Ular hamisha yonimda va doim meni qo'llab-quvvatlashadi. Dilimdagi barcha gaplarimni aytgim kelyapti. Ammo hammasini so'z bilan ifodalab berolmayman. Orzum hamon men bilan. Yaratgan egamga bo'lgan ishonchim tufayli hali barcha niyatlarimga erishaman!”


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика