JCH-2018. Peru mundialni g'alaba bilan tugatdi
26 iyu 2018 20:55
Yangiliklar
JCH-2018. Peru mundialni g'alaba bilan tugatdi
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
AVSTRALIYA - PERU 0:2
Hakamlar: Sergey Karasev (Rossiya), Anton Averyanov (Rossiya), Tixon Kalugin (Rossiya), Ryuji Sato (Yaponiya).
Gollar: Andre Karillo 18, - 0:1. Xose Paolo Gerrero 50, - 0:2.
Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 19.Joshua Risdon, 20.Trent Seynsberi, 5.Mark Milligan, 16.Aziz Bexich, 7.Mettyu Leki, 13.Aron Muy, 15.Mayl Edinak, 10.Robbi Kruz (17.Daniel Arzani, 58), 23.Tomas Rogich (22.Jekson Irvin, 72), 9.Tommi Yurich (4.Tim Kexill, 53).
Peru: 1.Pedro Galesse, 17.Luis Advinkula, 4.Anderson Santamaria, 15.Kristian Gilermo Ramos, 6.Migel Taruko, 19.Yosimar Yotun (23.Pedro Akino, 46), 13.Renato Tapia (7.Paolo Urtado, 63), 18.Andre Karillo (16.Vilder Kartaxena, 79), 8.Kristian Kueva, 20.Edison Flores, 9.Xose Paolo Gerrero.
Ogohlantirishlar: Mayl Edinak 10, Yosimar Yotun 45, Daniel Arzani 60, Tomas Rogich 66, Paolo Urtado 79, Mark Milligan 88.
Australia |
World Cup Grp. C . 3-tur 26/06/2018, 19:00 2
:
0
Tugadi
|
Peru Andre Carrillo - 18', Jose Paolo Guerrero - 50' |
Stadion: Fisht Olympic Stadium, 44073 tomoshabin
Bosh hakam: Sergei Karasev
O'yin tugadi. Avstraliya - Peru 0:2
90+4. Peru JCH-2018ni g'alaba bilan tugatmoqda, Avstraliya esa Peruga qo'shilib guruhda qolib ketdi
90. O'yin tugashiga 5 daqiqa qo'shildi
88. Ogohlantirish. Avstraliya. Milligan
80. ZARBA! Mayl Edinakning zarbasi noaniq ketdi
79. Ogohlantirish. Peru. Urtado
79. O'zgarish. Peru. Karillo o'rniga Vilder Kartaxena tushdi
Qiziq fakt: Tim Kexill o'z faoliyatida to'rtinchi Jahon chempionatida maydonga tushdi.
72. O'zgarish. Avstraliya. Rogich o'rniga Irvin tushdi
68. Gerreroning golini telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH
66. Ogohlantirish. Avstraliya. Rogich
65. ZARBAAAAAA! Ushbu mundialning eng yosh futbolchisi Daniel Arzani tomonidan yo'llagan zarba xavfli chiqdi
63. O'zgarish. Peru. Tapia o'rniga Urtado
60. Ogohlantirish. Avstraliya. Arzani
58. O'zgarish. Avstraliya. Robbi Krus o'rniga Daniel Arzani tushdi
53. O'zgarish. Avstraliya. Yurich o'rniga Tim Kexill tushdi
50. Peruliklar chap qanotdan boshlangan hujumni Gerrero samarali yakunladi!
50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PAOLO GERREROOOOOOOO! 0:2
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarish. Peru. Yotun o'rniga Pedro Akino tushdi
45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Avstraliya - Peru 0:1
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi
44. Ogohlantirish. Peru. Yotun
41. Peruliklarda jarima to'pi, jarima maydoniga uzatilgan to'p qaytarildi. Avstraliya bu o'yini bilan bugungi bahsni yuta olmaydi
35. Burchak to'pidan so'ng Edinak boshi bilan zarba berdi, noaniq!
34. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Robbi Kruz jarima maydoniga kirib borib sherigiga to'p uzatdi, Metyu Leki darvozaga zarba berishga ulgurmadi va himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
29. Karilloning ajoyib golini telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH
28. ZARBA! Tommi Rogichning zarbasini posbon qaytardi!
27. Peruliklar hisobni ochgach avstraliyaliklar katta kuch bilan hujumga o'tishdi.
Qiziq fakt! Peru terma jamoasi 36 yildan so'ng Jahon chempionatida gol urdi. So'nggi bor peruliklar 1982 yilda Polshaga qarshi o'tgan bahsda to'p kiritishgandi.
18. Mundialdagi navbatdagi chiroyli gol. Peruliklar tezkor hujumga o'tishdi, chap qanotdan jarima maydoniga ichiga uzatilgan to'pni Andre Karillo to'xtatmay darvozaga joylab qo'ydi!
18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARILLO! 0:1
13. Hozircha hech bir jamoada tashabbus yo'q. Hujumlar oxirigacha etmay qolayapti
10. Ogohlantirish. Avstraliya. Mayl Edinak
8. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan yashil qita vakillarining hujumi, Yurichning to'p uzatishini Pedro Galesse egallab oldi
7. Peru guruhda qolib ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Avstraliyada esa keyingi bosqichga chiqish uchun kichik imkoniyat bor. Buning uchun "sokkeruzlar" Peruni mag'lub etishlari va Daniya Franciyaga imkon qadar yirikroq hisobda yutqazishini kutishadi
Qiziq fakt: Peruliklar dastlabki ikki o'yinda 29ta zarba berib umuman gol ura olishmadi!
5. Dastlabki daqiqalarda ikki tomon bir birlarini o'rganishmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
- O'yindagi barcha gollarni saytimizning telegramdagi kanalida ko'rish va ko'chirib olish mumkin: KANALGA O'TISH
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar