So’nggi yangiliklar

09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  2 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  13 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  14 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17

“Jayhun” birinchi ligaga o'tish turnirida qatnashadi Yangiliklar

“Jayhun” birinchi ligaga o'tish turnirida qatnashadi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumani vohaning futboli ancha rivojlangan markazlari sirasiga kiradi.

Mubolag'a emas, qator yillardan beri tumanning turli yosh toifasidagi jamoalari viloyat birinchiliklarining etakchilaridan biri hisoblanadi.

Binobarin, bir necha yil avval “Hazorasp” jamoasi O'zbekiston chempionatining birinchi ligasida qatnashib, chiroyli o'yinlari bilan hazorasplik futbol ixlosmandlariga quvonchli onlarni tuhfa etgani bor gap. Buni hanuzgacha mahalliy muxlislar huzur bilan eslab yurishadi. Ayni damda, tumanda ushbu ananani qayta tiklash borasida say-harakatlar amalga oshirilyapti. SHu niyatda joriy yil boshida “Jayhun” jamoasiga asos solindi. Jamoa  bosh murabbiyligiga viloyatning tajribali mutaxassisi Vali Sultonov tayinlandi. Ko'plab iqtidorli yosh “charm to'p” ustalari jamoaga jalb qilindi.

O'z navbatida “Jayhun” jamoasi joriy yilgi mavsumni yuqori darajada o'tkazdi. Xorazm viloyati birinchiligi, yani ikkinchi liga musobaqasida munosib to'p surib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Xorazm viloyati hokimi kubogi va O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan turnirda ikkinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, viloyat kubogining finaligacha etib bordi. Tabiiyki, ushbu muvaffaqiyatlar  beetibor qolmadi. Kuni kecha Hazorasp tumani hokimi O'ktamboy Qurbanov jamoa murabbiyi va futbolchilarini huzuriga taklif etdi.

Hazorasp tumani hokimligida bo'lib o'tgan uchrashuvda tuman hokimi O'.Qurbanov so'zga chiqib, yurtimizda sport, xususan, futbolni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ibratli ishlar, uning mazmun va mohiyati haqida atroflicha to'xtalib, “Jayhun” jamoasi azolarini erishgan yutuqlari bilan qizg'in qutladi. Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati futbol federaciyasining birinchi vice prezidenti Ravshan Atajonov ham jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Tadbir doirasida  2017 yilgi Xorazm viloyati chempioni - “Jayhun” jamoasini taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. Tantanali tarzda jamoaga birinchi darajali diplom, jamoa azolariga diplom, medal va sovg'alar topshirildi.

- Bugun jamoamiz uchun quvonchli kun, -deydi jamoa bosh murabbiyi V.Sultonov. -Fursatdan foydalanib, mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlagan tuman hokimligiga minnatdorligimizni izhor qilamiz. Zero, ushbu rag'bat futbolchilarimizni yuqori marralar sari talpintirdi. Endilikda, Hazorasp tumani, umuman, viloyatimiz futboli sharafini respublika miqyosidagi musobaqalarda ham ulug'lashga harakat qilamiz. Bu futbolchilarimizning orzusiga aylangan. Maqsadimiz ushalishi yo'lida esa bor kuch va g'ayratimizning sarflashga tayyormiz.

Darhaqiqat, “Jayhun” jamoasi yaqin orada boshlanadigan Birinchi ligaga o'tish turniriga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa azolari  birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritib, Hazoraspga katta futbolni olib kelishni maqsad qilishgan. Bu yo'lda ularga ezgu niyatimizni bildiramiz.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика