So’nggi yangiliklar

19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  2 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  5 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  13 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Jasur Jaloliddinov: "Italiyaga ketish imkoniyatlarim ancha pasayib ketdi, sababi..." Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "Italiyaga ketish imkoniyatlarim ancha pasayib ketdi, sababi..."

Kecha bo'lib o'tgan “Tezkor Studiya” loyihasining navbatdagi sonida “Bunyodkor” futbolchilari mehmon bo'lishdi.

Muloqot davomida Jasur Jaloliddinov Italiyaning “Benevento” jamoasiga o'tishi haqidagi savolga atroflicha javob berdi.

“Ochig'ini aytadigan bo'lsam Italiyaga ketishimni imkoniyatlari ancha pasayib ketdi. Oldin 50/50 bo'lib turgandi. Hozirda Italiya A Seriyasi tugul, B Seriyasining ham qachon boshlanishi aniq emas. “Benevento”ning A Seriyaga chiqishi nomalum. Hali mamlakat futboli rahbarlari bir qarorga kelgani yo'q. SHuning uchun u erga borishimni foizda aytadigan bo'lsam deyarli kam.

To'g'risini aytsam hamma gap “Bunyodkor” rahbariyatida. Agar karantin, koronavirus bo'lmaganida tug'ilgan kunimni ertasi kuni qaysidir jamoaga o'tib ketishim ham mumkin edi. Moldova, Serbiya chempionatlariga bormayman. Imkoniyat kelib turganda iloji boricha kuchliroq chempionatga borishga harakat qilaman.

Qaysidir jamoa bilan rasman kelishmasimdan oldin ommaga tarqalib ketishini xohlamayman. Masalan, “Benevento”ga o'xshab hal bo'lmay qolsa odamlar noto'g'ri o'ylashi mumkin. Biron bir jamoaga o'tmasimdan oldin xabarlar tarqalishini noto'g'ri deb hisoblayman",- deydi iqtidorli yosh futbolchi.

Jasur Jaloliddinov o'tgan mavsumda 20dan ortiq uchrashuvda 3ta gol urdi va jamoadoshlarining ko'plab gollariga assistentlik qildi. Joriy mavsumda esa Superligada 3ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi aniqrog'i ikkinchi turda "Mashal" darvozasiga kiritgan to'pi "Bunyodkor"ga uch ochko olib keldi.


Kechagi "Tezor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика