So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  0 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  90 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Jasur Hakimov: “Paxtakor”da qolishni istayman. Lekin men uchun o'yin amaliyoti muhim” Yangiliklar

Jasur Hakimov: “Paxtakor”da qolishni istayman. Lekin men uchun o'yin amaliyoti muhim”

Iqtidorli hujumchi Jasur Hakimov so'nggi yillarni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazib kelayotgandi.

O'tgan mavsum u jamoasi tarkibida 22ta o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasiga 6ta to'p kiritgan. Xuquqiy jihatdan “Paxtakor” futbolchisi sanaladigan Hakimov ayni damda “sherlar” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Xo'sh, Jasur bu yil “Paxtakor”da o'ynaydimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida uning o'ziga murojaat qildik.

- “Paxtakor” bilan besh yillik shartnoma tuzgandim. U hamon o'z kuchini yo'qotgani yo'q. SHu bois xuquqiy jihatdan “sherlar”ga tegishliman. O'tgan yillari “So'g'diyona”da ijara asosida o'ynab kelayotgandim. Ayni damda esa “Paxtakor” ihtiyoriga qaytganman. Hozircha jamoa mashg'ulotlarida astoydil ishlayapman.

- Kelgusi taqdirim haqida hozircha tayinli gap ayta olmayman. Yashirmayman ayrim klublar meni o'z safiga chorlamoqda. Bu borada “Paxtakor” rahbariyati bilan maslahatlashgan xolda ish tutaman.  

- O'zimga qolsa bu yil ham garchi ijara bo'lsada, boshqa o'rtamiyona jamoaga borib, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lganim maqul. CHunki ayni o'ynaydigan paytim kelganida “Paxtakor” zaxirasida o'tirish, bu – o'sishdan to'xtab qolish demakdir. Vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, hozir “sherlar” safida hujumchi Igor Sergeevga bo'lgan ishonch yuqori. U milliy terma jamoa darajasidagi o'yinchi. Murabbiy o'ziga dushman bo'lmasa kerak, uni zaxiraga o'tkazib, meni asosiy tarkibda o'ynatgani. Yana kim biladi deysiz. Hozircha mashg'ulotlarda ishtirok etyapman.

- Albatta, “Paxtakor”dek Osiyoning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan jamoada o'ynash sharaf. Menimcha har qanday futbolchi “sherlar” tarkibida o'ynashni istaydi. Osiyo chempionalar ligasida o'ynash imkoniyatini yuzaga keladi. Biroq gap o'ynash o'ynamaslikda.

- Yaqinda Davron aka Fayziev bilan uchrashib, gaplashganimda yana “So'g'diyona”ga qaytishim borasida fikrimni so'radi. Ammo nazarimda jizzaxliklar yana meni ijaraga olib o'ynatishni unchalik istamayotgandek. Oldimda boshqa variantlar ham yo'q emas. Ammo yakuniy qarorni “Paxtakor” rahbariyati chiqaradi – deydi Jasur Hakimov.


Islombek Rustambekov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика