So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  5 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  17 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   15 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Jasur Abduraimov: "O'zbekistonga o'rtamiyona legioner kerak emas" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "O'zbekistonga o'rtamiyona legioner kerak emas"

Superliga 3-turidan o'rin egallagan "Mashal" – "Metallurg" (2:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





- O'yin haqida
- Yigitlarning bugungi o'yini menga yoqdi. Ko'plab hujumlar tashkil etdik. O'ylashimcha, o'yinning eng yaxshi o'yinchisi darvozabon bo'ldi. Menda o'yinchilarga nisbatan etiroz yo'q. Birinchi golni standartdan o'tkazib yuborgan bo'lsak, ikkinchi gol futbolchining mahorati evaziga urildi. Hali ko'p ishlashimiz kerak. Xudo xohlasa hujumkor o'yin ko'rsatamiz.

- O'tgan tur qahramoni SHahzod Nurmatov maydonda ko'rinish bermadi. Uning holati qay ahvolda?
- U jarohatlangan va 4 yoki 5 kunda safga qaytadi.

- Bugun "Metallurg" g'alaba qozonishi uchun jamoaga nima etishmadi?
- Vaziyatlar ko'p bo'ldi, 4-5 ta yuz foizlik holatlar sodir etildi, ozgina mahorat etishmadi. Futbolda omad ham kerak. Omad bo'lmasa, 15 ta zarba bersang ham, to'p darvoza ustuniga tegadi.

- "Metallurg" doim o'rtamiyona jamoaligi bilan ajralib turgan. Bu yilgi vazifa qanday? Rahbariyat bilan bu masalada gaplashdingizmi?
- Menimcha, birinchi navbatda chiroyli futbol ustida ishlash kerak. To'pni nazorat qilish va hujum qilish borasida ishlash talab etiladi. Meni hujumkor futbol ko'rsatish uchun jamoaga taklif qilishdi.

- Superligada legionerlarni olib kelish va uni o'ynatishda, kashf qilishda namuna bo'la oladigan klublarni ayting.
- Legioner CHeran kabi bo'lsa, 5-10 nafarini olib kelish kerak. Bundan tashqari, top-trenerlar ham kerak, xuddi SHota kabi. O'rtamiyona legionerlar O'zbekistonga kerak emas. O'zbek futbolini ko'tarish kerak. Fikrimcha, hamma jamoalar hujumkor o'yin ko'rsatishlari kerak.

- O'zbek futboliga SHackix singari goleador hujumchi etishmayapti. Bu bo'yicha fikringiz qanaqa?
- Fikrimcha, akademiyada murabbiylar yaxshi bo'lishi lozim. Mashg'ulot jarayonida o'yinchi bilan individual tarzda ishlashi kerak. Bizda bor, 15-16-17 yoshlilar ichida. Ammo futbolchi 19-20 yoshda katta jamoaga o'tsa, qandaydir qo'rqadi, o'zini yo'qotadi, xarakter etishmaydi.

- "Mashal" akademiyasi o'z o'rniga ega edi. Hozirgi kunda esa faoliyat yuritmayapti. O'zbek futboliga buning tasiri bormi?
- Albatta, qancha ko'p sifatli akademiya bo'lsa, shuncha yaxshi. "Mashal" akademiyasidan chiqqan ko'plab futbolchilar o'ynashyapti. Masalan, SHomurodov ham o'sha erdan chiqdi-ku. "Mashal"ga o'xshagan sifatli akademiya bo'lishi kerak. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика