So’nggi yangiliklar

18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   0 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  0 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   1 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  3 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  1 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  3 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  1 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  4 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1

Jasur Abduraimov: “Futbolchilar bugun iroda ko'rsatishdi” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Futbolchilar bugun iroda ko'rsatishdi”

Jasur Abduraimov Tojikstonga qarshi o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida uning shogirdlari o'yinda iroda ko'rsatganini alohida takidlab o'tdi.

Manama. Bahrayn.

"Khalifa Sport City" Stadium.

O'yindan keyingi matbuot anjumani.


“Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ammo, ikkinchi bo'limda futbolchilar qanday harkat qilish kerakligini his qilishdi va yakunda biz g'alaba qozondik. Bugun Tojikiston himoyaviy, pozicion hujumlarga etibor bergan holda, yaxshi taktika namoyish etishdi. Biz esa, asosan hujumda o'ynadik. O'yinda hisobda ortda qolayotganiga qaramay, iroda ko'rsatganlari uchun futbolchilarga rahmat aytishim lozim. Bugungi o'yinda, o'yin davomida yaxshiroq va kuchliroq bo'lgan jamoa g'alaba qozondi”.

“Bu guruh turnirdagi eng kuchli guruhlardan biri. Avval ham shu haqda aytgan edim, hozir ham aytishim mumkinki, bu guruhdagi barcha o'yinlar juda qiziqarli o'tadi.  Keyingi o'yin Avstraliyaga qarshi va bu o'yinga ham bugungidek yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz va raqib uslubidan kelib chiqib o'ynashga harakat qilamiz. O'zini kuchli deb hisoblaydigan har qanday jamoa har qanday raqibga qarshi turli xil taktilarni sinashga tayyor turishi va ularga qarshi turli uslublarda o'ynay olishi kerak”, - dedi O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Vitaliy Levchenko (Tojikiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi):

“Biz uchun juda omadsiz o'yin. Biz uchun muhimi, bugungi o'yinni unutib, keyingi o'yinlarga bundan yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. O'yinning birinchi qismida yaxshi o'ynadik, ammo keyinroq, O'zbekiston ustunlikni o'z qo'liga oldi va o'yinda g'alabaga erishdi. Bugungi g'alaba bilan bizning raqibimizni tabriklayman”.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика