So’nggi yangiliklar

16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  40 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  1 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  2 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  14 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  13 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  5 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  45 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5

Janubning fidoyi murabbiyi Viktor bobo 75 yoshni qarshi oldi Yangiliklar

Janubning fidoyi murabbiyi Viktor bobo 75 yoshni qarshi oldi

Qishni qahraton kunlarini sovuq yoki yozning jaziramasini issiq demay o'z sevgan kasbi - futbolga sadoqat va fidoylik ko'rsatib mehnat qilib kelayotgan, muxlislar hurmatini qozongan, el-yurt ardog'ida bo'lgan shu soha vakillari yurtimizda ko'plab topiladi.

Asli Rossiyaning Xabarovsk o'lkasida tug'ilib, taqdir taqqozosi bilan serquyosh O'zbekistonimizga kelib qolgan va shu zaminda, yana ham aniqrog'i Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida kamol topgan, futbolga yoshligidan mehr qo'ygan, umrining keyingi ellik yildan ko'proq vaqtini shu sohaga bahshida etgan Viktor Georgievich Aleshnikov na shunday insonlardan biri hisoblanadi.

Hayoti va futboldagi faoliyatining aksariyat qismi mamlakatimizning janubiy qismida o'tdi. Yoshligidan sportga bo'lgan qiziqish uni qo'shni Tojikistonning Dushanbe shahridagi Jismoniy tarbiya texnikumiga etakladi. Ushbu maskanni tamomlagach, yigitlik burchi - harbiy xizmatni o'tab uyiga qaytdi. Mehnat faoliyatini Jarqo'rg'on tumani "Paxtakor” ko'ngilli sport jamiyatida metodist (1971 y.-1974 y.), Jarqo'rg'on tumani jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi qoshidagi BO'SM murabbiyi (1975 y.- 1994 y), SHo'rchi tuman “SHo'rchi-Lochin” FK bosh murabbiyi (1994 y.-2000 y. va 2005 y.-2006 y.), G'uzor tuman “SHo'rtan” PFK Bosh murabbiyi (2000 y.-2003 y.), Termiz shahar “Surxon” PFK yordamchi murabbiyi (2004 y.-2005 y.), Muborak tuman “Mashal” futbol akademiyasi murabbiy selekcioner (2007 y.-2008 y.), G'uzor tuman”SHo'rtan” PFK murabbiyi, bosh direktori (2008 y.-2020 y.), Surxondaryo viloyati futbol Associaciyasi etakchi mutaxassisi (2020 y.-2023 y.), Surxondaryo viloyati futbol Akademiyasi murabbiyi (2024-y. hozirgi vaqtga qadar) lavozimlarida ishladi.

V.Aleshnikov murabbiylik faoliyati davomida (1977 yilda) “Paxtakor” Markaziy sport jamiyati tomonidan yosh futbolchilarni tayyorlashda va Respublika musobaqalarida yaxshi natijalarga erishgani uchun “Eng yaxshi murabbiy” medali va fahriy yorlig'i bilan taqdirlandi.




1977 yilda “Avtomobilist” Termiz shahar futbol jamoasiga o'z tarbiyalanuvchisi Aleksandr Yarcevni tarbiyalab, etkazib berdi. A.Yarcev “Avtomobilist” Termiz sharafini 11 yil Sobiq Ittifoq musobaqalari 7-hudud 2-liga chempionatida ishtirok etib, “Sport ustasi” unvoniga sazavor bo'ldi.

1984-1985 yillarda “Paxtakor” Toshkent, “Surxon” Termiz futbol jamolariga mahoratli futbolchilar - Albert Caraev, Sergey Tertichniy, Rafael Axmadjanovlarni tarbiyalab berdi.

1994-2000 yillarda murabbiy V.Aleshnikov Surxondaryo viloyati SHo'rchi tumanida “SHo'rchi-lochin” futbol jamoasi Birinchi ligasida bosh murabbiy lavozimida ishlab Oliy ligada qatnashib kelayotgan “Surxon” futbol jamoasiga mahoratli futbolchilar - Bahodir Annamatov, Otabek SHomurodov, Ildar Xayrutdinov, Ilhom SHomurodovni tayyorlab berdi. Bu futbolchilar bir necha marta O'zbekiston Olimpiya va milliy terma jamoasi safida Halqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini himoya qilishdi. B.Annamatov 2001 yilda “Nasaf” futbol jamoasi safida O'zbekiston chempionatida faxrli uchinchi o'rinni olib bronza medali sohibi bo'ldi. O.SHomurodov 2001 yilda “ Neftchi” Farg'ona jamosi safida o'ynab, O'zbekiston Oliy liga jamoalari o'rtasida birinchi o'rinni olib, oltin medal sohibi bo'ldi. I.SHomurodov ko'p yillar davomida “Nasaf” Qarshi shahar futbol jamoasi safida o'ynab, 2011 yilda OFK Kubogini qo'lga kiritdi. Ilhom SHomurodov 2009 yilda O'zbekistonning eng yaxshi o'yinchisi va to'purari bo'ldi.




2007 yilda V. Aleshnikov “Mashal” futbol akademiyasida murabbiy-selekcioner bo'lib ishlagan davrida “Mashal” futbol Akademiyasiga yosh qobiliyatli futbolchilar - hozirgi kunda mamlakatimizning etakchi futbolchilari Eldor SHomurodov va Sardor Abduraimovlarni Akademiyaga tarbiyalanuvchi sifatida qabul qilinishida katta mehnati singan. Hozirgi kunda Eldor SHomurodov O'zbekiston milliy terma jamoasi etakchi o'yinchisi. 2019 yili esa O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazavor bo'ldi. U 2016 yili “Bunyodkor” (Toshkent) tarkibida O'zbekiston chempionatida kumush medal sohibligiga erishib, 2017 yildan boshlab, Rossiya Premer ligasi “Rostov“ futbol klubi azosiga aylandi.

2020-2021 yillar davomida Italiya “A” seriyasi “Jenoa” futbol klubiga, 2022-yili esa Italiya “A” seriyasi Rimning “Roma” futbol klubiga, 2023-2024 yili Italiya “A” seriyasi “Speciya” va “Kalyari” futbol klublari azosiga aylandi.

O'tgan yillar ichida Viktor Aleshnikov ko'plab yosh futbolchilarga hamda murabbiylarga o'z bilim va tajribasini, futbol sir-asrorlarini o'rgatdi. Hozirgi kunda yubilyarimiz Surxondaryo viloyati futbol Associaciyasi ommaviy futbolni rivojlantirish bo'limi etakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelmoqda. O'z mehnatini, tajribasini yoshlardan, o'sib kelayotgan kelajak avloddan ayamaydigan

V.Aleshnikovni tajribali murabbiy, fidoyi inson sifatida Respublikamizda hurmatga sazovor bo'lgan murabbiylardandir. SHogirdlar ardog'ida bo'lgan 75 yoshni qarshi olayotgan Viktor boboga yubileyingiz qutlug' bo'lsin deb qolamiz!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика