Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan so'ng Ozil janjal chiqardi
28 iyu 2018 13:30
Yangiliklar
Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan so'ng Ozil janjal chiqardi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil Janubiy Koreyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvidan (0:2) so'ng janjalda ishtirok etdi.
Malumotlarga ko'ra, muxlislardan biri tribunaosti yo'lakchasida Ozilni haqorat qildi, futbolchi ham shunday javob qaytardi. Natijada ular o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi va unga boshqa o'yinchilar ham qo'shilib ketishdi. Ozil styuardlar aralashuvidan so'ng kiyinish xonasiga kirib ketdi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi "F" guruhida so'nggi o'rinni egallab, JCH-2018dagi ishtirokini yakunladi.
Fikrlar