So’nggi yangiliklar

12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  0 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  3 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  15 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  3 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7

Janubiy Koreya chempionatida zaxira hakamining xatosi sabab bir jamoa 12 kishi bo'lib o'ynadi Yangiliklar

Janubiy Koreya chempionatida zaxira hakamining xatosi sabab bir jamoa 12 kishi bo'lib o'ynadi

Janubiy Koreya K-ligasining 35-turidan o'rin olgan "CHonbuk Motors" - "Poxan Stilers" uchrashuvida (1:1) bahsli holat yuzaga keldi.

Mazkur bahsning 21-daqiqasida "Pxoxan"ning o'ng qanot himoyachisi Kim Yong Xvan raqib jamoa vakili Kim Jin Su bilan to'qnashib ketishi oqibatida oyog'idagi og'riqdan shikoyat qilib, tibbiyot xodimlariga murojaat qildi. SHu bois, "Pxoxan" bosh murabbiyi Kim Ki Dong SHin Gvan Xunni zaxiradan maydonga tushirdi.

Biroq taxminan 6 daqiqadan so'ng o'yin to'xtatildi. Bosh hakam va yordamchi SHin Gvan Xunni maydonga tushirish vaqtida muammo yuzaga kelganini kech anglab etdi.

Zaxira hakami tabloga o'yindan olinishi kerak bo'lgan 3-raqam o'rniga adashib 7-raqamni kiritib yuborgan. Natijada o'yinga qo'shilgan 17-raqamli futbolchi SHin Gvan Xun jarohat olgan himoyachini emas, balki jamoa sardori Kim In Seongni almashtirishi kerak bo'lgan. Biroq sherigi almashtirilishiga amin bo'lgan Kim In Seong o'yinni davom ettirdi. 

Garchand 3-raqamli futbolchi maydon chetida tibbiy yordam olish bilan band bo'lgan bo'lsa-da, rasmiy ravishda zaxiraga olinmagandi.

Natijada "Pxoxan" 6 daqiqa davomida 12 nafar futbolchi bilan harakat qildi. 

Uchrashuvdan keyin "CHonbuk Motors" jamoasi reglamentga muvofiq, raqibga texnik mag'lubiyat yozilishini talab qilib, shikoyat bildirgan. Vaziyat ko'rib chiqilmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика