Janubiy Amerika Rekopasida sensaciya! "Flamengo" sovrinni Argentina klubiga boy berdi
27 fev 11:42
Yangiliklar
Janubiy Amerika Rekopasida sensaciya! "Flamengo" sovrinni Argentina klubiga boy berdi
Unda "Flamengo" (Rio-de-Janeyro, Braziliya) hamda "Lanus" (Lanus, Argentina) o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuv Rio-de-Janeyroda "Marakana" stadionida bo'lib o'tdi va mehmonlarning qo'shimcha vaqtdagi 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ilk o'yinda ham "Lanus" 1:0 hisobida zafar quchgan edi.
Mezbonlar safida gollar mualliflari Xiorxyan de Arraskaeta va Jorjino bo'ldi (ikkalasi ham penaltidan). Mehmonlar tarkibida esa Rodrigo Kastilo, Xose Kanale va Dilan Akino gol urdi.
Ikki o'yinlik qarama-qarshilikda "Lanus" ustun keldi (1:0, 3:2). Argentina klubi ushbu turnir kubogini tarixda ilk bor qo'lga kiritdi.
"Flamengo" – "Lanus" 2:3
Gollar: Xiorxyan de Arraskaeta penalti 37', Jorjino penalti 85' – Kastilo 29', Kanale 118', Akino 120+2'


Eslatib o'tamiz, Janubiy Amerika Rekopasi — Evropa Superkubogiga o'xshash musobaqa bo'lib, unda Libertadores Kubogi va Janubiy Amerika Kubogi g'oliblari bahs olib boradi.
Turnirda eng ko'p zafar quchgan jamoa Argentinaning "Boka Xuniors" klubi (4 marta) sanaladi.
Paketani xarid qilgan va tarkibida ko'plab mashhur nomlar bor (tarkib qiymati 223 mln evro) "Flamengo" yomg'irli "Marakana"da kamtargina "Lanus"ga (43,2 mln evro) yutqazib qo'ygani etiborga molik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar