Paketa "Vest Xem"dan "Flamengo"ga 42 million evro evaziga o'tdi - bu Braziliya uchun rekord
31 jan 13:11
Yangiliklar
Paketa "Vest Xem"dan "Flamengo"ga 42 million evro evaziga o'tdi - bu Braziliya uchun rekord
"Flamengo" klubi rasmiy sayti "Vest Xem"dan 28 yoshli yarim himoyachi Lukas Paketa transferini elon qildi.
Futbolchi bilan shartnoma 2030 yil oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchi "qizil-qoralar" safida 20-raqam ostida harakat qiladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Flamengo" Paketa transferi uchun 42 mln evro to'lagan, bu Braziliya uchun rekord summa hisoblanadi.
Paketa - “qizil-qoralar” tarbiyalanuvchisi. 2019 yilda yarim himoyachi "Flamengo"dan "Milan"ga o'tdi. Futbolchi "Vest Xem" safida 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 139 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar