So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Jamshid Saidov: "O'yin haqida gapirishni istamayman" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "O'yin haqida gapirishni istamayman"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin haqida hech nima demoqchi emasman. SHunchaki raqibimizni g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Jamshid Saidov.

- Asosiy darvozabon Roberts Ozols bugun qaydnomadan o'rin olmadi. Bu holat "Metallurg"ga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgani bilan bog'liqmi? Asosiy darvozabon hali safga qaytmadimi?

- Ha, unda jarohat bor. U endigina safimizga qo'shildi.

- Bugungi uchrashuv jamoangiz uchun qo'yi pog'onalardan uzoqlashish uchun yaxshi imkoniyat edi. To'g'ri, "Olimpik" yosh va kurashuvchan jamoa, lekin ushbu jamoa ancha vaqtdan buyon g'alaba qozonmayotgandi. Bugun "Qizilqum" har doim namoyish etadigan jangovar o'yinni ko'rmadik. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Futbolchilar har bir uchrashuv qanday katta ahamiyatga ega ekanligini bilishadi. Afsuski, bugun biz yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. SHu sababli o'yin haqida hech nimani gapirishni istamayman. O'yinni nazorat qildik va to'pga egalik qildik, ammo qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. Ikkita qarshi hujumda ikkita to'p o'tkazib yubordik, ammo bor-yo'g'i bitta gol hisoblandi.

- CHempionat yakuniga qadar beshta bahs qoldi. Keyingi uchrashuv "Paxtakor"ga qarshi kechadi. Nima deb o'ylaysiz, yana necha ochko jamoangizni Superligada jon saqlab qolishi uchun etarli bo'ladi?

- Hali o'yinlar ko'p. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Vaqt barchasini aniqlab beradi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика