So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Jamshid Saidov: "Oliy ligada qolish uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Oliy ligada qolish uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz"

Teglar :  Qo'qon-1912Buxoro
“Buxoro” - “Qo'qon1912” (2-0) uchrashuvidan so'ng murabbiy va jurnalistlar o'rtasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi.

“Avvalom bor bugungi o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Bugun ular katta hajmdagi ishni masuliyat bilan bajarishdi. Afsus-ki, turnir jadvalidagi  holatimiz baribir bizni bosim ostida ushlab turibdi. Har bir uchrashuvga so'nggi uchrashuvga tayyorlanayotganday tayyorgarlik ko'rishga majburmiz, bu esa juda og'ir. Nima bo'lsa ham futbolchilarimiz muxlislar ishonchini oqlashmoqda. Ertadan boshalb keyingi tur uchrashuviga, “Mashal” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yuboramiz”- dedi Saidov.

-Bugun Suxrob Nematovning negadir o'yini qovushmadi? Futbolchining muammosi bormi?


-Yo'q, hech qanday muammo yo'q. Bu futbol, shunday holatlar bo'lib turishi tabiiy hol. Qaysidir o'yinda futbolchi ajoyib harakat qiladi, boshqa vaziyatda o'yini qovushmaydi. Bundan fojea yasamaymiz. Nematovning salohiyatini hamma yaxshi biladi. Men bugun uni yomon harakat qildi deb ayta olmayman. To'g'ri muxlislar nazarida uning zarbalari o'xshamadimi, demak o'yini qovushmadi, lekin Suxrob o'ziga yuklatilgan vazifani alo darajada bajardi va ikkinchi golga assistentlik ham qildi.

-Mehmon jamoa haqida fikringiz?

-“Qo'qon-1912” jamoasi mavsum davomida yomon taassurot qoldirayotgani yo'q. Jamoa yomon emas. SHaxsan menga bu jamoa yoqdi.

-Siz jamoangizning oliy ligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

-Bu savolga javob faqat xudoga ayon. Biz qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz. Futbolchilarimizga ishonchimiz juda yuqori. Afsus-ki, birinchi davrada jamoa juda ko'p ochkollarni yo'qotgan. Biz oxirigacha kurashamiz, men shu narsani vada qilishim mumkin. Bizda ham ishtiyoq, ham salohiyat, ham imkoniyat etarli.

-Uchinchi legionerimiz, Maksim Antonyuk nega maydonga tushmayapti?

-U hali ham jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q.

-Bugun Fomin o'zining to'rtinchi sariq kartochkasini oldi va kelasi o'chrashuvni o'tkazib yuboradi. Uni o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bormi?

-Albata bor. Zahira o'rindig'imiz uzun, u erdagi futbolchilar bemalol boshlang'ich tarkibda maydonga tusha olishi mumkin. Fomin o'rniga 2-3ta variant bor, mashg'ulotlardan kelib chiqib birini tanlaymiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика