So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  2 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  35 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   8 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  10 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Jamshid Saidov nima uchun istefoga chiqarilganini bilmaydi Yangiliklar

Jamshid Saidov nima uchun istefoga chiqarilganini bilmaydi

2016 yilgi mavsumning kashfiyot jamoasiga aylangan Buxoro klubida kuni kecha jiddiy o'zgarishlar yuz berdi.
23 yanvar, dushanba kuni klub rahbariyati yig'ilish o'tkazib, Jamshid Saidov va Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi murabbiylar shtabini istefoga chiqardi. Natijada klubning bir qator etakchi futbolchilari ham jamoani tark etish arafasida turishibdi.

O'tgan mavsumda Oliy Ligada 4-o'rinni egallab, muxlislar tashrifi borasida ham eng etakchi jamoaga aylangan Buxoro klubi atrofida ro'y berayotgan gap-so'zlar hech kimni beetibor qoldirmayapti. Klub odatdagidek yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda keskin o'zgarishlarning yuz berishi ajablanarli bo'ldi. Endi klubni kim boshqaradi va jamoa tarkibi qanday ko'rinish oladi?

Klubdagi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro bosh murabbiyi Jamshid Saidovga murojaat qilganimizda, murabbiy ham istefoga chiqarilganligini malum qildi.


- Jamshid aka, to'g'risi, “Buxoro” klubida sodir bo'layotgan o'zgarishlar barchamizni hayron qoldiryapti. Klubda nimalar bo'lyapti?

- Buxoro viloyat hokimiyatda yig'ilish bo'ldi, u erdan chiqqanimizga ikki soat bo'ldi. Unda klubdan ketishimizni malum qilishdi. (suhbat dushanba kuni o'tkazilgan)


- Bunday istefoni qanday qabul qildingiz?

- Hammasi joyida. Rahbarlarga yoqmagan bo'lsak, yana nima ham qila olardik. Balki boshqa murabbiylarga ishonch bildirishayotgandir. To'g'risi, klubdan ketishimizga qanday sabab bo'lganini bilmadim.


- Bungacha “Buxoro”ni yangi mavsumga o'zinglar tayyorlayotgandinglar. Yanvar oyi ham tugab boryapti. Tayyorgarlik rejasi davom etayotgandi. Bunday paytda o'z munosabatingizni ham bildirdingizmi?

- Meni ham to'g'ri tushuning. Oradan malum vaqt o'tganidan so'ng nima uchun bunday o'zgarishlar bo'lganini aytishim mumkin. Anig'i shuki, rahbariyatning qarori bilan ishdan bo'shadik.


- Endi tarkib nima bo'larkin? Har holda hammasi sizlarning rejalaringiz asosida davom etayotgandi…

- Biz endi futbolchilarga hech nima ayta olmaymiz. Yangi rahbariyat tarkib masalasida shug'ullanishga kirishadi. Endi bizning “Buxoro” klubiga aloqamiz yo'q. Vaziyat bunday tus olishini umuman kutmagandik.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика