So’nggi yangiliklar

11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  5 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  9 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15

Jamshid Saidov: "Mashal"ning barcha azolari men uchun do'st hisoblanadi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Mashal"ning barcha azolari men uchun do'st hisoblanadi"

"Buxoro" - "Mashal" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi va savollarga javob qaytardi.
"Birinchi navbatda butun O'zbek xalqini Qurbon hayiti munosabati bilan klubimiz nomidan muborakbod etaman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bugun bizni xato qilishga haqqimiy yo'q edi. Nafaqat bugun umuman mavsumning qolgan barcha o'yinida har bir ochko uchun so'nggi soniyagacha kurashamiz. Bunga turnir jadvalidaning so'nggidagi jamoalar o'rtasida kechayotgan kurash ham sababchidir. G'alaba uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. "Mashal" men uchun begona jamoa emas. Uzoq muddat bu jamoa bilan birga bo'lganman. Jamoaning barcha azolarimiz men uchun do'st hisoblanadi. U erda ishlaganim bois raqibning bu o'yinga qanchalik jiddiy tayyorgarlik ko'rganini bilar edim. "Mashal"ning o'yinlariga befarq emasman va keyingi har bir uchrashuvida omad tilayman.

Albatta "Mashal"da ish olib borganim bugungi o'yinda jamoani imkoniyatlarini bilishimga qiyinchilik tug'dirmadi va etarlicha foydali bo'ldi. Yigitlar ko'rsatilgan topshiriqlarni 100 foiz bajarishdi. Agar birinchi bo'lib raqib hisobni ochganda butunlay o'yin o'zgarib ketishi mumkin edi. Futbolchilar taxlikaga tushib qolmadi va o'zini qo'lga olgan holda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Ikkinchi goldan so'ng ishonch ortdi. SHerzod Fayziev tomonidan kiritilgan gol ajoyib bo'ldi. Kutilmagan bu golda hech kimni ayblay olmayman", - deydi Jamshid Jalolovich.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика