So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  4 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  3 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Jamshid Saidov: "Darvozamizga kiritilgan ilk gol kulguli bo'ldi, ikkinchisida esa to'pni o'z darvozamizga kiritib qo'ydik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Darvozamizga kiritilgan ilk gol kulguli bo'ldi, ikkinchisida esa to'pni o'z darvozamizga kiritib qo'ydik"

Superliga 23-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Dinamo" o'yinidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun omadimiz kelmadi. Yigitlar kurashishdi, ammo bahs so'nggida bizdan biroz omad yuz o'girdi.


— Oldingi turda "Paxtakor" bilan chiroyli o'yin bo'lgandi. Bugun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

— Keskin va hujumdagi aniqlik etishmadi deb o'ylayman. Lobjanidze "Paxtakor" bilan o'yinda jarohat oldi. Yomon o'ynamadik, vaziyatlar bo'ldi. Ammo, biroz omadimiz kelmadi.

— Darvozamizga kiritilgan ikki golni ham kutilmagan deb o'ylaysizmi?

— Umuman olganda, birinchi gol kulgili bo'ldi. Ikkinchi gol esa darvozamiz tomon aniq bormayotgan bo'lsa ham o'zimizga urib qo'ydik. Vahobov o'z darvozamizga kiritib qo'ydi.

— O'yinda hakam bilan tortishib qoldingiz va og'zaki ogohlantirish oldingiz. Nima bo'ldi?

— Bunaqasi bo'lib turadi. Emociya va shu sabab ogohlantirish oldim. Hakam qarorini umuman o'zgartirmaydi, u tabiiyki vaziyatlarda o'zini haq deb hisoblaydi.

— Mavsum oldidan qo'ygan qaysi maqsadlaringizga erishdingiz va qaysi o'yinchilar umidingizni oqladi. SHuningdek, kelasi mavsum uchun rejalar qanday?

— Hali uch tur bor, jadvalda o'zgarishlar bo'ladi. Quyidagi jamoalar ligadagi o'rnini saqlab qolishga urinmoqda. CHempion nomi aniq, ikkinchi va uchinchi o'rinlar uchun ham kurash boradi.

— Mavsum oldidan olib kelgan o'yinchilar o'zini oqladimi?

— Buni mavsum so'nggida aytsa bo'ladi.



— "Qizilqum" o'rinbosarlar jamoasi so'nggi mavsumlarda yomon o'yin ko'rsatmayapti. Undagi yoqqan ayrim o'yinchilarni ayta olasizmi. SHuningdek, jamoaning mahalliy o'yinchilardan ko'ra legionerlarga bo'lgan ehtiyoji balandmi?

— Mahalliy o'yinchi to'ldira olmaydigan va kuchaytirmoqchi bo'lgan poziciyangiz uchun legioner olasiz. O'rinbosarlar jamoasi yomon qatnashmayapti va ulardan 4-5 o'yinchi olamiz. Masalan, Bozorov va Asadov. Ular zaxirada o'tirishadi va ularga imkoniyat berishadi. Bundan tashqari, ular mahalliy o'yinchilar va kuchayishga harakat qilishlari kerak.

— 17-raqamda o'ynaydigan Muhammadali G'iyosovga xaridorlar ko'paygan degan mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik rost?

— Ha, u rivojlanmoqda va gollar urmoqda. U medallar uchun kurashadigan va chempionlikka intiladigan jamoalarda o'ynash darajasiga chiqdi. Unda takliflar bor. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Uchta turni o'tkazib olaylik, keyin yakuniy xulosalar chiqaramiz.

— "Qizilqum" deyarli barcha o'yinlarini Qarshida "Markaziy" stadionida o'tkazdi. Mashg'ulot jarayonlari sizga qay darajada qulaylik yoki noqulaylik tug'dirmoqda.

— Oldinam aytganman. Biz 300 kilometr yo'l bosim mashg'ulot o'tkazamiz va o'ynaymiz. Bu katta farq. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Agar o'z uyimizda o'ynaganimizda, o'yinchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqoriroq bo'lardi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика