So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  10 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Jamshid Saidov: "Birgina xato qimmatga tushdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Birgina xato qimmatga tushdi"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Surxon"-"Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Albatta, qiyin o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda "Surxon" vakillari ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biz uchrashuvning birinchi qismida bo'sh o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi, vaziyatlar yaratdik. Biroq birgina xato qimmatga tushdi. Raqib aynan o'sha xatodan foydalanib gol urib ketdi. 


- Kuxianidze nega ertaroq almashtirilmadi? 


- U harakat qildi, faol bo'lishga intildi. Yomon o'ynadi deb ayta olmayman. Ikkinchi bo'limda yangi kuchlarni maydonga tashlab, o'yinni kuchaytirishga harakat qildik. 


- Asror G'ofurov bilan bog'liq vaziyatdagi fikringiz? 


- Vaziyatga baho beruvchi hakamlar va o'yin nazoratchilari bor. Buni muhokama qilish mening vakolatim doirasidagi ish emas. Hakam vaziyatni ko'rdi, VAR orqali ham tahlil qildi. Ishonch bilan shunday qarorga kelgan ekan, biz bunga etiroz bildirmaymiz. Kimdir jiddiy jarohat olib qolmasligi tarafdorimiz. 


- Kubokdagi o'yinda jamoangiz asosiy tarkibda o'ynamagandi. SHu bois balki futbolchilarga bir oz tonus etishmagandir?  


- Bo'lishi ham mumkin. Balki noto'g'ri hamdir. Bu futbol, oldindan nima bo'lishini bilmaymiz. Biz kubokda ham, bugun ham g'alaba uchun o'ynadik. 


- Ikkinchi bo'limda jamoangiz o'yini kuchayib ketdi. Sir bo'lmasa, tanaffusda futbolchilarga nimalarni aytdingiz? 


- Birinchi bo'limda yomon o'ynaganimiz haqida aytdim. O'yinni kuchaytirishimiz va g'alaba haqida o'ylash lozimligini tushuntirdim. Haqiqatdan ham ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi, biroq vaziyatlarni yakunlashda xatoliklarga yo'l qo'ydik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика