So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  5 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

Jamshid Hasanov: "Vaziyatlardan foydalana olmasak "Metallurg" bilan o'yinda ham qiynalamiz" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "Vaziyatlardan foydalana olmasak "Metallurg" bilan o'yinda ham qiynalamiz"

"Buxoro"ga qarshi bellashuvda so'ngi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargan "Andijon" navbatdagi turda o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.

"Buxoro" bilan kechgan uchrashuv va oldinda kutayotgan bekobodliklar bilan bahs haqida "burgutlar"ning tajribali futbolchisi Jamshid Hasanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'tgan uchrashuv haqida oddiy fikr bildirishim mumkin. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan bejiz aytilmaydi. Ha, "Andijon"da 11 metrlik nuqtadan zarbalarni o'zim yo'llayapman. SHtatli penaltichi sifatida qachon tayinlandim? Qo'qonda bunday imkoniyat bo'lmagan. CHunki, u erda penaltilar qiroli bor. "Mashal"da to'p tepib yurgan paytlarimda penaltilarni ko'proq man tepardim. Bunday vaziyatda siz darvozabon bilan birga-bir holatda qolasiz. Ustunlik ko'proq zarba berayotgan futbolchida bo'ladi. "Metallurg" bilan o'yinda vaziyatlardan foydalana olmasak o'zimizga qiyin bo'ladi. Boshqa tomondan o'z maydonimizda harakat qilish bizga qo'shimcha ustunlik beradi deb o'ylayman. Afsuski, karantin tufayli uchrashuv muxlislarsiz o'tkaziladi. Lekin, hozircha shunga majburmiz",- deydi Jamshid Hasanov.

Eslatib o'tamiz mahoratli yarim himoyachi ortda qolgan 4 turda raqiblar darvozasini 3 marotaba penaltidan aniq nishonga oldi. 


Jamshid Hasanov "Qo'qon-1912" libosida "Andijon"ga qarshi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика