So’nggi yangiliklar

01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  8 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  25 00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  21

Jamoliddin Rahmatullaev: "Oldinda bizni jiddiy o'yin kutib turibdi" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Oldinda bizni jiddiy o'yin kutib turibdi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev U-17 Osiyo kubogi saralashidagi Bruneyga qarshi 0:14 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

Ko'rdinglar, bugun yirik hisobda g'alabaga erishdik. Bunaqa o'yinlardan keyin jamoani yig'ib olish qiyin bo'ladi. Bu natijani unutib, oldinda bizni kutib turgan jiddiy o'yinga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur. 

- Ikkinchi bo'limning taxminan 25-30 daqiqalari davomida terma jamoamiz o'yini o'xshamadi. Buni qanday izoxlaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, bu futbolchilar hali yosh. Birinchi bo'limda kiritilgan ko'p gollar balki ularning bir oz bo'shashiga sabab bo'lgandir. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar hayajonni engib o'tishda bir oz qiyinchilikka duch kelishdi. 

- Terma jamoamiz zaxirasidan qay darajada ko'nglingiz to'lmoqda?

- Hozir bor imkoniyatimiz shu. Juda ideal deb ayta olmayman. Ammo zaxirada asosiy tarkib o'rnini to'ldiradigan futbolchilar bor.

- Vaziyatlarni yakunlashda bir oz mahorat etishmagandek ko'rinmoqda...

- Yo'q, buni mahorat bilan bog'lamagan bo'lardim. Buni bosim bilan bog'lagan bo'lardim. Tiklanishga bir kun vaqtimiz bor. Nasib bo'lsa 7-sanada yanada yaxshiroq o'yin namoyish etamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика