So’nggi yangiliklar

19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  0 19:15Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1 (матнли трансляция)  0 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  14 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  15 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  24 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  3 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2

Jamol Belmadi: "Bunyodkor" ertaga yutishga majbur" Yangiliklar

Jamol Belmadi: "Bunyodkor" ertaga yutishga majbur"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Jamol Belmadi qatnashdi.
Unga yarim himoyachi Ahmad Al Sadi hamrohlik qildi.

"Ertaga kuchli raqibga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. O'zbekiston klublariga qarshi o'ynash doim og'ir bo'lgan. "Paxtakor"mi, "Bunyodkor"mi farqi yo'q. Biz oxirgi 3 o'yinda mag'lub bo'lmadik. Mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishga urinamiz", - deydi Jamol Belmadi.

"Bizni muhim o'yin kutib turibdi. Biz 3 ochko olishimiz kerak. Qatarga g'alaba bilan qaytmoqchimiz", - deydi Al Sadi.



- O'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etgan o'yinchi uchrashuvda maydonga tushishi tavsiya qilinadi. Bu futbolchi ertaga maydonga tushadimi?
- Bu masalani men emas jamoa mamuri hal qiladi. Al Sadi OCHLda maydonga tushmagani bilan Qatar chempionatida bir nechta o'yinlarda ishtirok etdi va gollar ham urdi. Ertaga balki maydonga tushar.

- Stadion maysasini o'rganib chiqdingizmi?

- Yaqinda bu erda O'zbekiston chempionati o'yini bo'lib o'tdi. Dastlabki xulosalarga ko'ra maydon ajoyib holatda.

- Qatarda chempionat tugadi. "Bunyodkor" bilan javob bahsida kubok o'yinlari orqali tayyorlanasizlar. Bu qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Qatar Yulduzlar ligasi o'z yakuniga etgani bilan biz ikkita kubokda ishtirok etamiz. Bu degani o'yinlar juda ko'p bo'ladi deganidir. SHunday ekan may oyidagi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishda muammo bo'lmaydi.



- Ertaga gollarga boy o'yin ko'rishimiz mumkinmi? "Lahviya"ning oxirgi o'yinlari gollarga boy bo'lmoqda.

- Bu musobaqada biz ikkitagina gol o'tkazdik. O'sha gollardan birini penaltidan o'tkazib yubordik. "Bunyodkor" ertaga g'alaba qozonishga majbur. Bizda esa raqibdagi kabi majburiyat yo'q. SHunday ekan balki ertaga ko'p gol urilar.

- Ertaga asosiy himoyachingiz CHiko Flores maydonga tusha olmaydi. Bu sizlarga muammo tug'dirmaydimi?
- Yo'q, bu muammo emas.

- "Bunyodkor"ning oldingi o'yinlarini ko'rib chiqqan bo'lsangiz kerak. Raqib haqida qanday fikrdasiz?

Al Sadi: - Raqibning o'yinlarini ko'rdik. "Bunyodkor" safidagi ko'plab o'yinchilar baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика