So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  30 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  15 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan darvozabon, xet-trikni rasmiylashtirgan hujumchi. Superligada 10-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan darvozabon, xet-trikni rasmiylashtirgan hujumchi. Superligada 10-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 10-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi darvozaboni – Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik")

 "Olimpik" bu tur Namanganda chempionat etakchilaridan biri "Navbahor" mehmoni bo'ldi va 1 ochko bilan ortga qaytdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi posboni darvozasidan to'p olib chiqmadi va bir necha bor jamoasi joniga ora kirdi. Ayniqsa, uning so'nggi daqiqalarda ko'rsatgan seyvlari yodda qolarli bo'ldi. SHu tariqa Hamidullo Abdunabiev turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi murabbiyi – Maksim SHackix ("Paxtakor")

Maksim SHackix qo'l ostidagi "Paxtakor" bu tur "Andijon"ga safar uyushtirib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Ko'plab futbolchilari safdan chiqqan "sherlar" "burgutlar" maydonida kutilganidan ko'ra ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, haqli g'alabaga erishdi. Hatto mezbon muxlislar ham buni etirof etgan holda, mehmonlarni qarsaklar sadosi ostida kuzatib qo'yishdi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi futbolchisi – Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")

"Nasaf" ushbu tur o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar hujumchisi 8, 49, 68-daqiqalarda to'p kiritib, jamoasiga chiroyli g'alaba keltirdi. SHu tariqa Bobir Abdixoliqov golsiz seriyasiga yakun yasadi va deyarli 4 yildan so'ng Superligada gol urdi. 




Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng chiroyli goli muallifi – Husayn Norchaev ("Neftchi")

"Neftchi" mazkur tur Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi. Farg'onaliklar hujumchisi Husayn Norchaev ushbu bahsda 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning urgan golidagi hujum juda chiroyli tashkil etildi va bu vaziyatda forvardning harakatlari haqiqiy hujumchilarga xos ravishda edi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика