So’nggi yangiliklar

17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  0 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  0 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  1 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  2 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  3 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  9 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  10 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10

Jaloliddin Masharipov: "Legioner bo'lib o'ynashni o'zim ham xohlayman" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Legioner bo'lib o'ynashni o'zim ham xohlayman"

Coca Cola Superligasi 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (7:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jaloliddin Masharipov ham qatnashdi.





O'yin haqida

"O'yinga astoydil tayyorganlik ko'rgandik. Murabbiyimiz CHempionlar Ligasiga tayyor holatda etib borish uchun bizdan xushyorlikni yo'qotmagan holda o'ynashni talab qilmoqda. Hozir ichki chempionat orqali CHempionlar Ligasiga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Karantindan keyin deyarli barcha o'yinda 90 daqiqa o'ynayapsiz. Bu sizga jismoniy tarafdan salbiy tasir ko'rsatmayaptimi?

- Birinchi karantindan oldin jarohat olgandim va o'sha oyoqda to'p tepishimga to'g'ri kelgandi. Ikkinchi karantin davri jarohatdagi futbolchilar uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman. SHaxsan o'zim haqimda to'xtaladigan bo'lsam, jarohatdan tiklanib oldim. Ikkinchi karantindan oldin to'liq o'ynashni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygandim, CHempionlar Ligasida 90 daqiqa o'ynashga to'g'ri keladi va har doim shay holatda bo'lishimiz kerak. SHu bois doimo to'liq vaqt harakatlanishga intilaman va buni yoqtiraman.

Yaqinda terma jamoaning yig'ini bo'lib o'tadi. Undan so'ng, "Paxtakor"ning ketma-ket o'yinlari va CHL bahslari o'tkaziladi. Terma jamoadan chaqiruv bo'lsa, borasizmi yoki "Paxtakor"da qolasizmi?

- Avvalo, terma jamoa degan bo'lardim. Bolalikdan shuni orzu qilganmiz, xoh u o'rtoqlik o'yini o'lsin, xoh rasmiy. CHunki oliy maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. Terma jamoa yig'iniga borish masalasini klub va termamiz murabbiyi hal etadi.

Qachon Jaloliddin Masharipovni legioner sifatida ko'ramiz?

- Albatta, buni o'zim ham rosa xohlayman. Lekin oshkor etib bo'lmaydigan ayrim sabablarga ko'ra bu amalga oshmagan. Xudo xohlasa oz qoldi deb o'ylayman, bundan tashqari, oldinda CHL musobaqasi kutib turibdi. O'z oldimga qo'ygan katta maqsadlarim bor. Odamlar o'ylashi mumkin, 26 yoki 27 yoshga to'ldi, deb. Biroq shunday futbolchilar borki, 30 yoshdan o'tgandan so'ng, o'yini ochilib ketgan. Xudo xohlasa mehnat qilishdan to'xtamayman va legioner bo'lib o'ynashga intilaman, lekin yoshligimdan "Paxtakor" nonini eb, shu erda katta bo'ldim va eshikni qattiq yopib, tashlab ketolmayman.

Malumki, 2017-yilda "Lokomotiv"da o'ynagansiz. Futbolchi sifatida o'sdingizmi?

Hozirda futbolchi sifatida o'sdim, albatta. O'sha paytda ko'p narsani yoshi katta futbolchilardan o'rganganman. Ayniqsa, Timur Kapadze mendan o'z masalahatlarini ayamagan va yordam bergan. O'shanda meni qo'llab-quvvatlagan "Lokomotiv" rahbariyati, murabbiylari va futbolchilariga rahmat.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика