So’nggi yangiliklar

20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  0 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  0 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  8 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7

Jaloliddin Masharipov: “Faoliyatimni Evropada davom ettirmoqchiman” Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: “Faoliyatimni Evropada davom ettirmoqchiman”

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogidagi ishtirok va kelgusi faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Osiyo kubogida chiroyli o'yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Asosiy maqsadimiz bosh sovrinni yurtimizga olib kelish edi. Afsuski, bu natijaga erisha olmadik. Lekin yomon o'ynamadik, deb hisoblayman. Yaponiya, Avstraliya kabi terma jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatdik. Muxlislarga ham o'yinimiz yoqdi, deb o'ylayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko'plab ijobiy fikrlarni qabul qilyapmiz. Bizni musobaqa davomida qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Endilikda Jahon chempionati saralashida ijobiy natija qayd etib, xalqimizning azaliy orzusini amalga oshirishga intilmoqchimiz. Umid qilaman, buning uddasidan chiqa olamiz.

O'zimning kelgusi faoliyatimga keladigan bo'lsak, “Paxtakor” bilan shartnomam yakuniga etgan. Endilikda faoliyatimni xorijda davom ettirmoqchiman. Hozirda bir-ikkita klublardan takliflar bor. Eng katta orzuim – Evropa klublarida to'p surish. Evropada futbolchi yanada o'sish imkoniga ega bo'ladi. To'g'ri, arab klublari moliyaviy tarafdan yaxshi taklif berishadi. Lekin men arab klublariga o'tmoqchi emasman. Mening eng katta tanqidchim – akam. Doimo mening o'yinlarimni kuzatib, kamchiliklarimni aytib turadi. Hech qachon meni o'zimga maqtamagan. Akam ham faoliyatimni Evropada davom ettirishim tarafdori. Garchi Evropa klublari taklifi moliyaviy jihatdan kamtarroq bo'lsa-da, men Evropaga ketmoqchiman. Evropada to'p surib, milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishiga yordam bermoqchiman”, - deydi Masharipov.

Reyting: +207   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика