So’nggi yangiliklar

20:20Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Тожикистонни мағлуб эта олмади  0 20:18"Вулверхэмптон" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  0 20:15"Насаф" — "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция )  4 20:13"Нефтчи" 14 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"ни ютди  2 20:05Суперлига. 100 дақиқа давом этган водий дербисида "Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  71 20:00Суперлига. "Динамо" – ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  11 18:54"Аталанта" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:24"Тоттенхэм" — "Бёрнли". Кайл Уокер асосий таркибда  2 16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  7 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  5 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  4 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  32 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  12 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0

Jalil Kimsanov: ”Istiqlol” jamoasi OFK kubogida g'olib chiqish uchun yig'ilgan" Yangiliklar

Jalil Kimsanov: ”Istiqlol” jamoasi OFK kubogida g'olib chiqish uchun yig'ilgan"

Tojikistonning eng nomdor jamoasi bo'lgan “Istiqlol” safida to'p surayotgan Jalil Kimsanov FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Qo'qon shahrida bo'lib turibdi.

Biz Jalil Kimsanov bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

- Jalilxon “Istiqlol”ga qanday borib qoldingiz? U erdagi faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz.
- Assalomu alaykum. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan Toshkent shahrida mashg'ulotlar o'tkazib yurgan vaqtimizda jamoaning darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanov Tojikistonning “Istiqlol” jamoasida ko'rikdan o'tib ko'rish varianti borligini aytib qoldi. SHunday qilib Dushanbega bordim. U erda 3-4 kun jamoa ko'rigida bo'lganimdan so'ng, jamoa rahbarlari menga shartnoma taklif qilishdi. Har tomonlama menga maqul bo'lganligi uchun hamda jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yganligini hisobga olib, “Istiqlol” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim.



-“Istiqlol” Tojikistonning grand jamoasi hisoblanadi. Ichki chempionat va OFK kubogidagi ishtiroklaring haqida gapirib bersangiz.
- Jamoamiz Tojikiston chempionatida unchalik qiyinchilikka uchragani yo'q. Ichki chempionatning 8 turi ortda qolgan bo'lsa, 7 o'yinda g'alaba va bir durang natija bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibmiz. Ikkinchi o'rindagi jamoa bilan o'rtamizda 8 ochkolik farq bor. OFK kubogida ham natijalarimiz yomon emas. Ikkita durang va bir g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qilib kelayotgan edik. Afsuski so'nggi o'yinda Qirg'izistonning “Dordoy” jamoasiga yutqazib qo'ydik. Safarda bo'lib o'tgan o'yinda g'alaba qozonib turgandik, yakunda o'z darvozamizdan ikki gol o'tkazvordik. Agar ushbu o'yinda ham g'alaba qozonganimizda guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilgan bo'lar edik. Endi oldimizda yana ikkita o'yin bor , shu o'yinlarda g'alaba qozonish uchun jamoamiz azolari bilan astoydil tayyorarlik olib bormoqdamiz. “Istiqlol” o'z oldiga OFK kubogida g'olib chiqishni maqsad qilib qo'ygan.

- O'zbekiston va Tojikiston chempionatlarini taqqoslaganda qanday jihatlarni ko'rdingiz?
- O'zbekiston chempionati Tojikiston chempionatidan ancha kuchli hisoblanadi. Futbolchilarning mahorati borasida ham shunday farqni sezish mumkin. O'zbekistonda so'nggi yillarda stadionlar ham ancha sifat borasida o'sishga erishdi. Lekin men to'p surayotgan jamoa , O'zbekiston chempionatida ham bemalol o'ynab ancha-muncha jamoalarga “boshog'riq” bo'la oladi. “Istiqlol” tarkibi asosan OFK kubogida g'olib chiqish uchun yig'ilgan. Agar jamoa O'zbekiston chempionatida ishtirok etsa, turnir jadvalining o'rtasidan pastga tushib ketmasa kerak.



- Ko'ryapmizki “Istiqlol”da sizdan boshqa ham legioner futbolchilar bor.Jamoadagi sharoitlar qanday, moliyaviy tomondan muammolar yo'qmi?
- Ha jamoamizda mendan boshqa ham legioner futbolchilar bor. Yuqorida aytganimdek jamoamiz OFK kubogi uchun yig'ilgan. Tarkibimizdagi mahalliy futbolchilar ham Tojikistonning eng kuchli futbolchilari hisoblanishadi. Tojikiston terma jamoasining asosiy tarkibini ham “Istiqlol” futbolchilari tashkil qilishadi. U erda yaratilgan sharoitlar alo darajada. Stadion, baza , mashg'ulot maydonlari, xullas hamma sharoitlar bor. Moliyaviy tomonlama ham muammolar yo'q. Jamoaning ajoyib muxlislari borligi esa hammasidan ham quvonarli. Ular hech qaerda “Istiqlol”ni yolg'iz qoldirishmaydi.

- “Qo'qon-1912” jamoasi o'yinlarini ham kuzatib boryapsizmi?
- Albatta kuzatib boryapman. Nafaqat “Qo'qon-1912” jamoasi , balki butun chempionat o'yinlarini iloji boricha kuzatib turibman. “Qo'qon-1912” jamoasining turnir jadvalida quyi o'rinda borayotgani men ham tashvishga solib turibdi. O'ylaymanki bu narsa o'tib ketadi. Jamoa hozirgacha o'z maydonida o'yin o'tkazgani yo'q, shu sababli ham ko'plab mag'lubiyatlar bo'layogan bo'lishi mumkin. Men “Qo'qon-1912” jamoasidagi futbolchilarga ishonaman, ular o'z muxlislarini xursand qilishni boshlab yuborishadi. Qaysidir manoda bu ish “Paxtakor” bilan bo'lib o'tgan liga kubogi o'yinida boshlandi ham.



- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Barcha O'zbekistonlik futbol ishqibozlarini, butun halqimizni kirib kelayotgan ramazon hayiti bilan tabriklayman ! Qo'qonlik muxlislarga esa alohida tabriklarimni yo'llayman, ular doim jamoani faol qo'llab turishgan, bundan keyin ham shunday bo'lishiga ishonaman. “Qo'qon-1912” jamoasiga esa omad tilayman!

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика