So’nggi yangiliklar

01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  1 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  6 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  19 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  464 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0

Jahongir Ahmadov: “Nasaf” bilan o'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi” Yangiliklar

Jahongir Ahmadov: “Nasaf” bilan o'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi”

Termizning “Surxon” jamoasi Superliganing 19-turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvda “Nasaf” bilan bellashdi.

 Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natija bilan yakun topdi. Mazkur bahsdan keyin termizliklar futbolchisi Jahongir Ahmadov bilan suhbatlashdik. 

- “Nasaf” bilan uchrashuvdan olgan taassurotlaringiz qanday?

- “Nasaf” bilan uchrashuvda bizga ochko juda muhim edi. Biz ham katta maqsadlarni ko'zlagan holda maydonga tushdik. 2:0 hisobida ortda qolayotgan bo'lsak-da, yigitlar o'zlarida kuch topa olishdi hamda oxirigacha kurashdik. Ikkita to'p kiritib olishda jamoamiz qattiq mehnat qildi deya olaman. 

- Bu o'yinda g'alaba ham qozonish mumkinmidi?

- Albatta. Bu o'yinda g'alabani ham ilib ketishimiz mumkin edi. Hisob tenglashganidan so'ng bizda yana bir nechta gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Afsuski, omad kelmagani tufayli imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. 

- “Surxon” oldiga qanday maqsadlar qo'yilgandi?

- Mavsum avvalida har bir o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish vazifasi qo'yilgan. Biz shuni amalga oshirish uchun harakat qilmoqdamiz. 

- Ortda qolgan 24-turdan keyin jamoaning ochkolari soni 22taga etdi. Superligada qolish vazifasi qanchalik bajarildi?

- Superligada qolish vazifasini to'liq hal qila olmadik. Oldimizda ikkita uchrashuv bor. Qolganlarga nisbatan imkoniyatimiz yuqori bo'lsa-da, avvaldan xulosa qilishimiz yaxshimas. SHu sababli qolgan ikkita uchrashuvda ham ijobiy natija ko'rsatish va Superligada qolish vazifasini bajaramiz. 

- “Surxon” Superligada qolsa jamoadagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

- Oldindan biror nima deya olmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- Bu yil Superligada to'p surish orqali qanchalik tajriba to'play oldingi?

- Futbolchi sifatida yanada o'sishim uchun foydali bo'ldi. Superliga doirasida qancha ko'p maydonga tushsam, bu mening o'sishim ham xizmat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика