So’nggi yangiliklar

20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  0 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  0 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  8 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keladi Yangiliklar

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keladi

Teglar :  Roberto Karlos
O'zbekiston futbol associaciyasi jahonga mashhur futbol yulduzlarini O'zbekistonga taklif qilib, bu orqali mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish, rivojlantirish va yosh avlod o'rtasida futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'lgan himoyachi afsonaviy Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi.


Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o'tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko'zda tutilgan. SHuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo'lib o'tadigan joyi keyinroq alohida elon qilinadi.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o'rtoqlik o'yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

SHuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o'zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика