Iyunda Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan CHerchesov klub bilan shartnoma imzolashga yaqin?!
16 avg 2024 13:06
Yangiliklar
Iyunda Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan CHerchesov klub bilan shartnoma imzolashga yaqin?!
Stanislav CHerchesov "Ludogorec" murabbiyiga aylanishi mumkin.
Qozog'iston terma jamoasining rossiyalik murabbiyi Bolgariyaning amaldagi chempioni bosh murabbiyligi uchun nomzod, bu haqda mahalliy "24 chasa" va Gong saytlari xabar bermoqda.
CHerchesovning muzokaralar uchun Razgradda ekani qayd etilmoqda. 60 yoshli murabbiy 17 avgust kuni "Levski"ga qarshi bahsdan so'ng jamoani qabul qilib olishi kerak.
Eslatib o'tamiz, CHerchesov iyun oyining boshida Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar