So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   1 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  5 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  33 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni “Qo'qon-1912”ga qaytdi Yangiliklar

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni “Qo'qon-1912”ga qaytdi

Coca Cola superligasining navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

Koronavirus pandemiyasi sabab anchagina cho'zilib ketgan mavsumning o'tgan 9 turini “Andijon” jamoasida ijara asosida o'tkazgan darvozabon Islombek Abdullaev “shunqorlar” safiga qaytib keldi. Islombek mavsum boshida “Andijon” jamoasiga ijaraga berilgan edi. Yosh darvozabon o'tgan turlar mobaynida “Andijon” safida juda yaxshi o'yin namoyish qildi hamda jamoaning ko'rsatgan natijalariga o'zining munosib hissasini qo'sha oldi. O'tgan iyul oyida Islombek Abdullaev “superliganing eng yaxshi darvozaboni” deb topilgani ham so'zimizga isbot bo'ladi.

Jamoa murabbiylar shtabi ijaradagi darvozabon Islombek Abdullaevni jamoaga qaytarish to'g'risida qaror qabul qilishdi. Islombek kecha jamoa shifokorlari nazorati ostida koronavirusga test topshirdi hamda "shunqorlar"ning bugungi mashg'ulotlarida faol ishtirok etdi.

Yosh va iqtidorli darvozabonimizga kelgusi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz", - deb yoziladi "Qo'qon-1912" rasmiy saytida. 


Eslatib o'tamiz, championat.asia talqiniga ko'ra Islombek Abdullaev iyul oyining eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика