So’nggi yangiliklar

17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  1 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  7 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  24 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0

Ixtiyor Toshpo'latov: Taklif bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyorman Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: Taklif bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyorman

Obodning oliy ligadan chetlatilishi turnir jadvalining quyi qismidagi kurashni yanada keskinlashtirdi.

Bunga qadar poytaxt jamoasining yaqqol autsayder maqomida bo'lib turgani undan yuqoriroqdagilarni biroz xotirjam qilib qo'ygandi. Xavfli zonaga yaqin klublardan biri So'g'diyona ham endi bor etiborini kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolishga qaratadi.

Igor SHkvirin shogirdlari hali elitadagi propiskalarini rasman cho'zdirishgani yo'q. Biz navbatdagi tur oldidan Jizzax jamoasi hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov bilan suhbat uyushtirdik.

- Ixtiyor, So'g'diyona mavsumni omadsiz o'tkazyapti. Klubda buning sabablari muhokama qilinyaptimi?

- Haqiqatan ham, joriy yil jamoamiz ko'ngildagidek o'yin namo-yish eta olmayapti. Buning natijasida turnir jadvalidagi holatimiz havas qilmaydigan darajaga kelib qoldi. Har bir uchrashuvdan keyin siz aytgan muhokamalar bo'ladi. Yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinadi.

- O'sha muhokamalarda mag'lubiyat va duranglarning sabablari o'rganilyaptimi?

- Albatta, murabbiylar har bir detalga to'xtalishadi. Hamma ayb o'zimizda. Yuzaga keltirilayotgan qulay vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz.

- Mavsumni Davron Fayziev bilan boshlab, Igor SHkvirin boshchiligida davom ettiryapsizlar. Bu murabbiyning futbol falsafasi qanday ekan?

- Igor Anatolevich ko'proq paslar yordamida o'yin tashkil etishga etibor qaratadi. SHuningdek, futbolchilardan to'pni nazorat qilish va jamoadoshiga aniq etkazib berishni talab qiladi.

- Futbolchilar qisqa fursatda yangi talablarga moslashib olishdimi?

- Ha, hammasi joyida, ko'nikdik.

- Maosh masalasida muammo yo'qmi?

- Vaqtida bo'lmasa ham berib turishibdi.

- SHu jihat ham jamoaning o'yiniga salbiy tasir o'tkazmayaptimikan?

- Agar maoshlar vaqtida berib turilsa, futbolchilar maydonga yuqori kayfiyatda tushishadi. SHaxsan men o'yinga unchalik tasiri o'tkazmasa kerak, deb o'ylayman.

- Obodning oliy ligadan chetlatilganiga munosabatingiz qanday?

- To'g'risi, bundan biroz ranjidim. CHunki jamoada istedodli yoshlar bor edi. Mavsum yakuniga etayotgan bir pallada ular endi qaerda to'p surishadi?

- PFLning qarori to'g'ri bo'ldimi yoki jamoani istisno tariqasida mavsum oxirigacha oliy ligada qoldirish kerakmidi?

- Menimcha, shunday yo'l tutishsa, ziyon qilmasdi. Lekin PFL qaror chiqarib bo'ldi, endi uni hech kim o'zgartira olmaydi.

- So'g'diyona hali xavfli zonani tark etib ulgurgani yo'q. Jamoa kuchlilar safida qolishni uddalay oladimi?

- Nasib qilsa, albatta, qolamiz. SHunga intilyapmiz.

- SHartnomangiz muddati qachon yakunlanadi?

- SHu yilning dekabr oyida.

- Sizni kelasi mavsum boshqa jamoada ko'rib qolsak, bundan ajablanmaymiz...

- Takliflar bo'lsa, ularni ko'rib chiqishga tayyorman. Lekin hozir bor etiborim So'g'diyonaning o'yinlariga qaratilgan. Qolgan uchrashuvlarda ijobiy natijaga erishib, kuchlilar safidagi o'rnimizni saqlashimiz lozim.

- Faoliyatingiz davomida sizga kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish taklifini berishganmi?

- Yo'q, bunday holatlar bo'lmagan. Taklif tushsa ham, javobim tayin. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, hozirgacha kelishilgan o'yinlarda umuman ishtirok etmaganman.

- Oliy ligada siz to'p suradigan ampluadagi eng kuchli futbolchilar sifatida kimlarni aytgan bo'lardingiz?

- Lokomotivdan Marat Bikmaev, Nasafdan Dragan CHeran, o'zimizdan esa Sanjar Rashidov.


malumot uchun

IXTIYOR TOSHPO'LATOV

Ampluasi: hujumchi

Klubi: So'g'diyona

Tahsil olgan joyi: Yangier futbol internati

Birinchi murabbiylari: Ergash SHeraliev, Behzod Muhiddinov

Ilk professional klubi: Mashal

Havas qiladigan futbolchisi: Krishtianu Ronaldu

Muxlislik qiladigan jamoasi: Real Madrid

Yaxshi ko'rgan taomi: palov

Yoqtirgan avtomobil rusumi: Kaptiva

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика