So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  3 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

Ixeroume Uche: "Eronning o'rnida O'zbekiston bo'lishi kerak edi" Yangiliklar

Ixeroume Uche: "Eronning o'rnida O'zbekiston bo'lishi kerak edi"

Braziliyada davom etayotgan JCH-2014da bugun yana 3 ta uchrashuv o'tkaziladi.
Markaziy o'yinlardan biri Angliya va Urugvay terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Kim biladi, balki bugun yana bir nomdor terma jamoa bilan xayrlasharmiz? SHuningdek, dastlabki turda g'alaba qozongan Kotd`Ivuar va Kolumbiya terma jamoalarining o'zaro o'yiniga ham qiziqish yuqori. Dastlabki turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan Yaponiya va Greciya terma jamoalari o'yini ham ancha shiddatli o'tishi kutilmoqda.

Biz bugungi o'yinlar oldidan Paxtakor jamoasining sobiq nigeriyalik hujumchisi, bir necha yildan beri Vetnam chempionatida to'p tepib kelayotgan Ixeroume Uche bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Uche, salom. JCH-2014 o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?
- Albatta. Har bir uchrashuvni katta qiziqish bilan tomosha qilyapman. Ayniqsa, Nigeriya terma jamoasining o'yinini intiqlik bilan kutyapman. Tabiiyki, birinchi navbatda o'z vatanim jamoasiga muxlislik qilaman. Afsuski, start unchalik ham o'xshamadi. Eron bilan bo'lib o'tgan o'yinda osiyoliklar darvozasiga yo'l topa olishmadi. O'zi aslida Eronning o'rniga O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga borishi kerak edi. O'ylaymanki, keyingi ikki o'yinda vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishadi.   

- Bugungi uchrashuvlardan nimalarni kutyapsiz?
- Bugun Yaponiya va Kolumbiya terma jamoalari g'alaba qozonishadi. Angliya va Urugvay o'yinida esa g'olib aniqlanmaydi, yani durang natija qayd etiladi.

- Hisob qanday bo'lishini taxmin qilyapsiz?
- Bashorat qilishni yoqtirmayman, chunki hamisha ham to'g'ri chiqmagan. SHunday bo'lsada, taxminimni aytaman. Kolumbiya  Kotd`Ivuar - 2:0, Yaponiya  Greciya - 2:0. Urugvay  Angliya - 1:1.

- Ispaniyaning ketma-ket ikki mag'lubiyati va buning natijasida guruhning o'zida qolib ketayotganini siz ham hazm qila olmagan bo'lsangiz kerak?
- Bo'lmasamchi. Amaldagi jahon chempionlarining bu tarzda mundialni tark etishlarini hech kim kutmagandi. SHu jumladan, men ham. Nachora, bu futbol. U esa shunisi bilan qiziq. SHaxsiy fikrim, Ispaniya terma jamoasining o'yinini raqiblar yaxshigina o'zlashtirib olishgan.   

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика